Yangiliklar

not found

Qozog‘istonda O‘RVI va gripp keskin ortgani sabab cheklovlar joriy etilmoqda

Astanada gripp va O‘RVI bilan kasallanish holatlari keskin oshdi. Oxirgi haftada 23 mingdan ortiq holat qayd etildi. Bu o‘tgan haftaga nisbatan deyarli 1,5 barobar ko‘pdir. Poytaxt bosh sanitariya vrachi Aygul Shagaltayeva imzolagan qarorga ko‘ra, kasallanganlarning asosiy qismi — 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Shuningdek, maktab o‘quvchilari orasida eng ko‘p 1–4-sinf o‘quvchilari kasal bo‘lmoqda. Laboratoriyada gripp virusi A(H3N2) hamda bir nechta COVID-19 holatlari tasdiqlandi. Hujjatga muvofiq, barcha ommaviy tadbirlar — konsertlar, sport va bayram tadbirlari — vaqtincha to‘xtatildi. Epidemiologik mavsum boshlanganidan beri (1 sentabrdan) mamlakatda 1 mln 461 ming ORVI holati qayd etilgan. Mamlakat bo‘ylab rinovirus, parainfluenza, adenovirus, bokavirus, koronavirus, RS-virus va metapnevmovirus keng tarqalgan. Shuningdek, bolalar va homilador ayollar uchun xavfli hisoblangan “Gonkong grippi” shtammi ham aniqlangan — mavsum boshidan buyon qariyb 600 ta holat qayd etilgan. Maktablar va bog‘chalarda “ertalabgi filtrlar” o‘tkazilmoqda.  Bu jarayonda bolalar va xodimlar ORVI belgilari bo‘yicha tekshiriladi. Kasallanganlar uyda yoki izolyatorda qolib, ota-onalar kelgunga qadar nazorat qilinadi. Agar sinfda kasallar soni 30%dan oshsa, o‘quvchilar masofaviy ta’limga o‘tadi. Poliklinikalarda O‘RVI va gripp simptomlari bo‘lgan bemorlar uchun maxsus kabinetlar ajratildi. Shuningdek, barcha xodimlar va tashrif buyuruvchilar niqob taqishi majburiy qilib belgilandi, konsultatsiya va gospitalizatsiya uchun onlayn xizmatlardan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Shifoxonalarda yotqizish joylari infeksiya bo‘limiga moslashtirilmoqda, yaqinlar tashrifi cheklandi, xodimlar shaxsiy muhofaza vositalarida ishlamoqda. Xonalarni tozalash va shamollatish ishlari kuchaytirildi, havoni dezinfeksiya qilish uskunalari qo‘llanilmoqda. Qayd etilishicha, chora-tadbirlar kasallanish holatlari barqarorlashgunga qadar amal qiladi, aholidan profilaktika qoidalariga rioya qilish va kasallikning birinchi belgilardayoq tibbiy yordamga murojaat qilishni so‘ramoqda.

  • 20 Noyabr, 12:00
  • Batafsil
not found

Qayta ishlangan oziq-ovqatlar yo‘g‘on ichak saratoni xavfini oshirishi mumkin

Ultra qayta ishlangan mahsulotlarni (UPF) iste’mol qilish yo‘g‘on ichakdagi erta saratongacha bo‘lgan o‘zgarishlar xavfini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Massachusets General Brigam tadqiqotchilari qariyb 30 ming ayol ma’lumotlarini tahlil qilib, UPF ni eng ko‘p iste’mol qilganlarda adenomalar - yo‘g‘on ichak saratonining prekursorlari rivojlanish ehtimoli 45 foizga yuqori ekanligini aniqladi. Tadqiqot natijalari JAMA Oncology jurnalda e’lon qilindi. Tadqiqotda Nurses’ Health Study II ma’lumotlaridan foydalanildi — bu yirik loyiha doirasida ayollar 24 yil davomida muntazam endoskopiyadan o‘tganr va oziq-ovqat iste’moli haqida batafsil so‘rovnomalar to‘ldirgan. O‘rtacha hisobda ishtirokchilar kunlik kaloriyaning taxminan 35 foizini ultraqayta ishlangan mahsulotlardan olishgan, ammo eng yuqori iste’mol guruhida bu ulush bir necha marotaba yuqori bo‘lgan. Ana shu guruhda erta yo‘g‘on ichak saratoni bilan bog‘liq adenomalar ko‘proq uchragan. Bu bog‘liqlik semizlik, diabet va kletchatka kam iste’moli kabi boshqa xavf omillari hisobga olinganidan so‘ng ham saqlangan. Mualliflarning ta’kidlashicha, erta bosqichda kolorektal saratonning o‘sishini faqat oziq-ovqat bilan izohlash mumkin emas, ammo ratsionda ultra qayta ishlangan mahsulotlar ulushini kamaytirish — xavfni pasaytirish uchun potensial muhim qadam hisoblanadi. Hozirda jamoa kasallikning boshqa mumkin bo‘lgan qo‘zg‘atuvchi omillarini o‘rganishda davom etmoqda va ultra qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarining aniqroq tasniflarini ishlab chiqmoqda.

  • 19 Noyabr, 12:30
  • Batafsil
not found

Endokrinolog: D vitamini yetishmovchiligi ortiqcha vaznga sabab bo‘ladi

O‘rtacha vazndagi insonlar bilan solishtirganda, semizlikka ega bemorlar qonida D vitamini darajasi o‘rtacha 20–30% past bo‘ladi. Endokrinolog Diana Erikenovaning aytishicha, bu holat vitamin D iste’moli va quyosh nurlanishi bir xil bo‘lgan sharoitda ham kuzatilgan. Vitamin D va ortiqcha vazn o‘rtasidagi bog‘liqlik ikki tomonlama deb hisoblanadi: semizlik vitaminning so‘rilishini qiyinlashtirishi va vitamin yetishmovchiligi esa vazn ortishiga hissa qo‘shishi mumkin. Amaliyotda esa bu ikki jarayon bir vaqtning o‘zida sodir bo‘lishi mumkin. «Vitamin D yog‘ hujayralarida to‘planib, organizm tomonidan faol ravishda foydalanish uchun qolmaydi. Bu uning qondagi konsentratsiyasini, ovqat va qo‘shimchalar orqali yetarli qabul qilinsa ham, pasayishiga olib keladi. Jigar va buyraklarda vitamin Dning faol shaklining ishlab chiqarilishi kamayadi, ayniqsa, agar bemorda jigarda yog‘ to‘planishi bilan bog‘liq kasallik bo‘lsa. Shuning uchun, vitamin D yetishmovchiligi, hatto uni yetarli miqdorda iste’mol qilsangiz ham, yuzaga keladi”, — deb tushuntirdi shifokor. D vitamini yetishmasligi insulin qarshiligiga olib kelishi mumkin, bu esa semiz bemorlarda metabolik holatni yomonlashtiradi va yog‘ to‘qimalari to‘planishini kuchaytiradi. «Bu ildiziga yetib bo‘lmaydigan “ muammodan” faqat bir vaqtning o‘zida tana vaznini meyorlash, yallig‘lanishni kamaytirish va D vitamini yetishmoqchiligini to‘ldirish orqali chiqish mumkin. Shuning uchun xalqaro tavsiyalarda ortiqcha vaznga ega odamlarda vitamin D dozasini 1,5–2 barobarga oshirish, ya’ni profilaktika maqsadida kuniga 4000 ME gacha qabul qilishni tavsiya qiladi. Albatta, qondagi vitamin D darajasi nazorati bilan”, — deb qo‘shimcha qildi mutaxassis.

  • 19 Noyabr, 09:30
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech