Yangiliklar

not found

2023 yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi

Oʼzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼatining milodiy 2023 (hijriy 1444) yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori boʼyicha qarori eʼlon qilindi. Zakot nisobiZakotning tillodan nisobi 85 gramm boʼlib, bugungi kunda 585 probali 1 gramm tilloning oʼrtacha narxi 420 000 (toʼrt yuz yigirma ming) soʼm ekani eʼtiboridan, bu yilgi ZАKOT nisobi 35 700 000 (oʼttiz besh million yetti yuz ming) soʼm deb belgilandi.Shunga koʼra, zaruriy ehtiyojidan tashqari bir yil davomida 35 700 000 (oʼttiz besh million yetti yuz ming) soʼm va undan ortiq pul mablagʼi yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moliga ega boʼlgan musulmon kishi, jami mablagʼining qirqdan biri (2,5%)ni ajratib, uni zakot niyatida kambagʼal va faqirlarga beradi. Fitr sadaqasi va fidya miqdoriFitr sadaqasining miqdori bugʼdoydan yarim soʼ (≈ 2 kg.), arpadan bir soʼ (≈ 4 kg.), mayizdan yarim soʼ (≈ 2 kg.) va xurmodan bir soʼ (≈ 4 kg.)dir.Bugungi kunda mazkur mahsulotlarning bozordagi oʼrtacha narxlari 1 kg. bugʼdoy – 6 ming, 1 kg. arpa – 5 ming, 1 kg. mayiz – 50 ming va 1 kg. xurmo – 45 ming soʼm ekanligini inobatga olib, bu yilgi FITR sadaqasi quyidagicha etib belgilandi: bugʼdoydan ≈ 2 kg. 12 000 (oʼn ikki ming) soʼm; arpadan ≈ 4 kg. 20 000 (yigirma ming) soʼm; mayizdan ≈ 2 kg. 100 000 (yuz ming) soʼm; xurmodan ≈ 4 kg. 180 000 (bir yuz sakson ming) soʼm deb belgilandi. FIDYa miqdori fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil boʼladi.Shunday ekan, har kim oʼz imkoniyatiga qarab ushbu toʼrt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini va fidya miqdorini bersa kifoya qiladi. Eslatma: Mazkur qiymatlar Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilandi. Har bir viloyat oʼz bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.

  • 29 Mart, 15:11
  • Batafsil
not found

O‘zbekistonda 40 ta yirik korxona va banklardagi davlat ulushi «xalqchil IPO» orqali sotiladi. Roʼyxatda "Dori-Darmon" АK ham bor

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 mart kuni «Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi, deb xabar beradi O‘zA. Hujjat bilan aksiyalari paketlari «Bir aksiya — bitta lot» tamoyili bo‘yicha «xalqchil IPO» o‘tkazish tartibida ochiq kimoshdi savdolari orqali sotiladigan 40 ta korxona ro‘yxati tasdiqlandi. Xususan, 40 ta yirik korxona va banklardagi davlat ulushi «xalqchil IPO» orqali sotiladi. Jumladan, ilk bor Navoiy va Olmaliq kombinatlari, Metallurgiya kombinati, «O‘ztelekom», «Sanoatqurilishbank» kabi yirik korxonalarning o‘rtacha 2 foiz aksiyalari aholiga taklif etiladi. Bunda aholiga aksiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish imkoniyati yaratiladi. Aksiyalari sotilgan korxonalar besh yil davomida sof foydasining kamida 30 foizi dividend to‘lashga yo‘naltiradi. Qaror eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida tender jarayonlarini tashkil etishda professional tashkilotlarni jalb qilish imkonini beradi. Mahalliy investorlar uchun real vaqt rejimida E-auksion elektron savdo maydonchasi, shu jumladan uning mobil ilovasi orqali ularni identifikatsiya qilish, investitsiya vositachilari bilan shartnomalar tuzish va depo hisob raqamini ochish imkoniyatini yaratish rejalashtirilgan. Elektron auksionga barcha investitsiya vositachilari va ularning mijozlari aksiyalarni sotib olishda ishtirok etishi uchun teng sharoitlar yaratish topshirildi. Aksiyalarni sotib olish uchun elektron ariza investorning o‘zi yoki investorlar nomidan ish yurituvchi investitsiya vositachisi orqali berilishi mumkin. Onlayn auksionlar natijalariga ko‘ra oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchilarining savdo maydonlaridan tashqarida amalga oshiriladi. Ro‘yxatga olish natijasi haqidagi ma’lumotlar investorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Bir oy muddatda korxonalar aksiyalarini «xalqchil IPO» asosida sotish tartibini tasdiqlash topshirildi. «Xalqchil IPO»ga qo‘yiladigan 40 ta korxona ro‘yxati Nomi Davlat ulushi, % Sotilayotgan aksiya % Dona Navoiy KMK 100 2,0 300 000 000 Olmaliq KMK 98,54 2,0 12 300 297 O‘zbekiston metallurgiya kombinati 84,4 2,0 9 330 978 UZBAT 2,6 2,6 641 747 «O‘zbektelekom» 96,57 2,0 5 746 211 «O‘zsanoatqurilishbank» 95,2 2,0 4 878 435 656 «Asakabank» 98,96 2,0 842 745 407 Xalq banki 100 2,0 148 667 596 «Qishloqurilishbank» 98,34 2,0 311 141 316 «Aloqabank» 66,6 2,0 223 319 146 «Turonbank» 98,77 2,0 17 460 499 «Mikrokreditbank» 98,9 2,0 66 429 463 «Ipak yo‘li» bank 0,0003 0,0003 192 888 «Trastbank» 0,001 0,001 598 «Garantbank» 0,01 0,01 294 396 «O‘zbekinvest» 83,33 7,33 20 686 463 «Alskom» 3,9 3,9 1 137 311 «O‘zagrosug‘urta"* 94,5 2,0 664617 «O‘ztemiryo‘lkonteyner» 90 4,0 134651 «Dori-darmon» 36,1 20,0 4 014 400 Tovar-xom ashyo birjasi* 26,4 2,0 1 499 168 «O‘zbekgeofizika» 96,8 2,0 23240 292 «Qurilishmashlizing» 73,5 22,5 3 825 000 «O‘zog‘irsanoatloyiha» 81,7 5,7 671 238 «Toshuyjoyliti» 61,5 10,5 482 084 «Tashgiprogor» 41,8 15,8 85 673 «Boshtransloyiha» 32,1 6,1 271 556 «Andijon biokimyo zavodi» 96,0 20,0 2 541 782 «O‘zbekneftgaz» 99,94 2,0 849 738 934 «Hududgazta’minot» 100 2,0 529 261 741 «Issiqlik elektr stansiyalari» 99,99 2,0 3 993 422 «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» 100 2,0 1 040 462 222 «Hududiy elektr tarmoqlari» 100 2,0 1 693 616 290 «O‘zbekgidroenergo» 100 2,0 146 221 337 «Minora qurish ekspeditsiyasi» 37,1 11,1 3 588 800 «Janubsanoatmontaj» 20,7 20,7 337 653 «Qo‘qon neftgaz parmalash ishlari» 61,3 10,3 33 424 896 «Ko‘prikqurilish» UK** 100 2 - «Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi** 100 10 - «Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi» davlat korxonasi** 100 10 - Eslatma: Aksiyalar soni o‘zgargan taqdirda, sotish o‘zgarishlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. * — ustun mavqega ega bo‘lgan kompaniyaning davlat ulushi sotilmoqda; ** — aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tashkil etilgandan keyin aksiyalar sotuvga chiqariladi.

  • 29 Mart, 09:48
  • Batafsil
not found

SSB boshliqlari murojaatlarni shaxsiy telefon raqami orqali ham qabul qiladi

Fuqaro murojaatlari endi hududiy sogʼliqni saqlash boshqarma boshliqlarining shaxsiy telefon raqami orqali ham qabul qilinadi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar  bermoqda. Bundan avval sogʼliqni saqlash vaziri Аmrillo Inoyatovning +998914031773 shaxsiy telefon raqami orqali sohadagi muammolar yuzasidan aniq fakt va dalillarga asoslangan murojaatlar qabul qilinishi haqida xabar berilgan edi. Ushbu anʼanani davom ettirgan holda hududiy sogʼliqni saqlash sohasi masʼullari ham oʼz shaxsiy raqamlarini jamoatchilikka ochiqladi: Murad Qurbanov — Qoraqalpogʼiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vaziri: +998994141003 Аnvar Аlimov — Toshkent shahar sogʼliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʼi: +998888090859 Аzizbek Mirzajonov — Аndijon viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi: +998944431211 Аsqar Bahronov — Buxoro viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi: +998914060013 Ozoda Mahmudova — Jizzax viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi: +998941651122 Bobur Teshaev — Qashqadaryo viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi: +998991867072 Nurali Safoev — Navoiy viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari: +998935571103 Аbdulhodi Iminov — Namangan viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi: +998913594716 Davronbek Jumaniyozov — Samarqand viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi: +998915356665 (telegram), +998662349948 Komil Аbdivohitov — Surxondaryo viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi: +998955011103 Xurshid Hakimov — Sirdaryo viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi: +998959809797 Toʼraqul Аrziqulov — Toshkent viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi: +998998487400 Аbduqayum Toʼxtaqulov — Fargʼona viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi: +998937316611 Inoyat Hajiev — Xorazm viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi: +998998952632. «Hurmatli fuqarolar! Ushbu telefon raqamlari orqali oʼz hududingizda tibbiyotga oid muammo, masalalar va takliflar boʼyicha soha masʼullariga toʼgʼridan toʼgʼri murojaat yoʼllashingiz mumkin. Masʼullar ushbu raqamlarning doimiy ishlab turishi uchun shaxsan javobgardir! Bundan tashqari, fuqarolar oʼz murojaatlarini vazirlik qoshida kunu tun faoliyat olib boruvchi «1003» qisqa raqamli Call-markaz, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʼliqni saqlash boshqarmalari qoshida muntazam faoliyat yurituvchi «1103» qisqa raqamli Call-markazlar orqali ham yoʼllashlari mumkin», deyiladi vazirlik xabarida.

  • 28 Mart, 14:41
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech