Yangiliklar

not found

FDA tarqoq sklerozni davolash uchun Sandoz ning bioanalogini tasdiqladi

FDA Sandoz kompaniyasining tarqoq sklerozga qarshi Tyruko preparatini tasdiqladi, bu  Biogen ning AQSHda tasdiqlangan tarqoq  sklerozga qarshi  “Tizabri” dori vositasining birinchi bioanalogi. Sandoz veb-saytidagi xabarga koʻra,  Tyruko, xususan, tarqoq sklerozning qaytalanuvchi shakllari boʻlgan katta yoshli bemorlarga inyeksiya uchun moʻljallangan.  FDA  analitik, funksional va klinik maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan keng qamrovli maʼlumotlar toʻplamiga asosan mazkur bioanalogni maʼqulladi. Bioanalog preparatlar faqat virusli infeksiyani rivojlanish xavfi aniqlanganligi sababli xavfni baholash va kamaytirish strategiyasining bir qismi sifatida mavjud -progressiv multifokal leykoensefalopatiya.  Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, Amerika Qoʻshma Shtatlarida millionga yaqin odam tarqoq sklerozdan aziyat chekmoqda va ularning yuz minglab odamlari kasallikning qaytalanishini boshdan kechirmoqda. Tyruko bu bemorlar uchun davolanish imkoniyatlarini kengaytirishi va "bozor raqobati orqali innovatsiyalarni rivojlantirishi" mumkin, deyiladi xabarda.  Tarqoq skleroz — bu markaziy asab tizimining progressiv surunkali yalligʻlanish va neyrodegenerativ kasalligi boʻlib, kundalik hayotga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Koʻpgina bemorlar qisman yoki toʻliq yaxshilanadigan yangi alomatlar yoki relaps davrlarini boshdan kechiradilar va keyin remissiya davrlari keladi.

  • 28 Avgust, 17:25
  • Batafsil
not found

Antibiotiklarni qabul qilishdagi eng muhim qoidalar

Antibiotiklar qatʼiy tartib asosida qabul qilinishi shart. Bu dorilar insonda kasallik chaqiruvchi mikroblarga zaharli taʼsir etib, ularni nobud qiladi va notoʻgʻri qoʻllash oqibatida koʻplab nojoʻya taʼsirlar keltirib chiqarishi mumkin.   Antibiotiklarni qatʼiyan mutaxassis koʻrsatmasiga binoan qoʻllash lozim. Aynan belgilangan soatlar paytida qabul qilish. Buning sababi bir marta qabul qilingan (masalan amoksitsillin) dori uzogʻi bilan 8 soat davomida taʼsir koʻrsatadi. Mikroblar doriga koʻnikib, chidamli boʻlib qolmasligi uchun ularga 24 soat mobaynida taʼsir koʻrsatish kerak. Shuning uchun dorini qabul qilish vaqtini oʻtkazib yubormang. 3 kun qoidasi. Kasallikning barcha belgilari yoʻqolgandan keyin 3 kundan keyin dorini isteʼmol qilishni toʻxtatish kerak. Undan ertaroq toʻxtatish kasallikni surunkali koʻrinishga oʻtish yoki qaytalash xavfini keltirib chiqarishi mumkin. Uzoq muddat antibiotiklar qabul qilish vaqtida ichak mikroflorasini tiklash va himoya qilish uchun shifokor maslahati bilan probiotiklarni qoʻllash zarur. Antibiotiklar organizimdagi zararli mikroblar bilan birga, koʻpincha ichakdagi foydali bakteriyalarni ham nobud qiladi. Bu esa ovqat hazm qilish tizimida muammolarga olib keladi. Probiotiklar bunday paytda organizmga yordam beradi. Dorini qabul qilish tartibi. Ushbu preparatlarni ovqatdan oldin yoki keyin, shuningdek, nima bilan ichish kerakligiga doir koʻrsatmalarni mutaxassis yoki dorining yoʻriqnomasidan aniqlashtiring. Davolash kursi vaqtida parhezga amal qiling. Alkogol, nordon mahsulotlar, dudlangan va shoʻr taomlarni isteʼmol qilmang.

  • 25 Avgust, 11:34
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech