Yangiliklar

not found

O‘zbekistonliklar 2024-yilda qaysi dori vositalarini ko‘proq xarid qilishgan?

Fiskal cheklar bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili o‘zbekistonliklar dori vositalariga jami 19,7 trln so‘mdan ortiq pul sarflagan. Aholi jon boshiga eng yuqori xarajatlar Toshkent shahri (1,7 mln so‘m), Buxoro (746 ming so‘m) va Samarqand viloyatlarida (660 ming so‘m) qayd etilgan. O‘zbekistonda dori-darmon eng ko‘p sotiladigan mahsulotlardan biri. Poytaxtning ayrim ko‘chalarida dorixonalar soni oziq-ovqat do‘konlari sonidan oshib ketganidan ham buni sezish mumkin. Soliq qo‘mitasining fiskal cheklar tahlili bo‘yicha taqdim qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar 2024 yilda dori vositalariga jami 19,7 trln so‘mdan ortiq pul sarflagan. Shundan 15,7 trln so‘mdan ko‘prog‘i import preparatlar, 4 trln so‘m mahalliy ishlab chiqarilgan preparatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.  Aholi jon boshiga nisbatan to‘g‘ri keladigan eng yuqori xarajatlar quyidagi hududlarda qayd etilgan: Toshkent shahrida – 1,7 mln so‘m; Buxoro viloyatida – 746 ming so‘m; Samarqand viloyatida – 660,7 ming so‘m. Eng kam xarajatlar: Qashqadaryo viloyatida – 308,9 ming so‘m; Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 302,3 ming so‘m; Surxondaryo viloyatida – 289,5 ming so‘m. Umuman o‘tgan yilda dori vositalari uchun eng katta xarajatlar Toshkent shahri (5 trln so‘m), Samarqand (2,6 trln so‘m) va Farg‘ona viloyatida (1,5 trln so‘m) qayd etilgan. Eng ko‘p mablag‘ quyidagi kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan dori vositalariga sarflangan: yurak-qon tomir kasalliklari; infeksion kasalliklar; og‘riq qoldiruvchi vositalar; asab tizimi kasalliklari; oshqozon-ichak kasalliklari Dori vositalari importi Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekistonga 1 mlrd 744,7 mln dollar farmatsevtika va tibbiyot buyumlari import qilingan. Shundan 1,5 mlrd dollarlik mahsulotlar aynan chakana savdo uchun olib kirilgan dori vositalari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilda 0,5 mlrd dollarlik go‘sht mahsulotlari, 258 mln dollarlik un va un mahsulotlari, 373 mln dollarlik o‘simlik yog‘lari import qilingan. Umumiy oziq-ovqat mahsulotlarining importi esa 3 mlrd 917 mln dollarni tashkil etgan.

  • 3 Mart, 09:49
  • Batafsil
not found

"Andijon Dori-Darmon" da qarashli yana 23 ta dorixona GPP sertifikatini oldi 

O‘zbekiston Respublikasida dorixonalar faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga ko‘ra, dorixonalar o‘z faoliyatlariga majburiy tartibda «Yaxshi dorixona amaliyoti qoidalari»ni joriy etishlari kerak.  Yaxshi dorixona amaliyoti (GPP) – bu jahonning barcha rivojlangan mamlakatlaridagi dorixonalar tomonidan amal qiladigan xalqaro standartdir.  "Andijon Dori-Darmon" da qarashli yana 23 ta dorixona GPP sertifikatini oldi:  Andijon viloyati, Isbosgan tumani, Uzunko’cha MFY, Tupchinor ko’chasi, 2-uy 60-sonli ijtimoiy dorixona. Andijon viloyati, Xonabod shahar, Mehnatobod MFY, Feruza ko’chasi, 1-uy 235-shaxobcha. Andijon viloyati, Marxamat tumani, Qovunchi MFY, M.Yusuf ko’chasi, 350-uy 227-shaxobcha. Andijon viloyati, Marxamat tumani, Shaxriston MFY, O‘zgarish ko‘chasi, 28-uy 226-shaxobcha. Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, Ko‘makay MFY, Ko‘makay ko‘chasi, 310-uy 123-shaxobcha. Andijon viloyati, Paxtaobod tumani, Sanoat MFY, Sanoat ko‘chasi, 82-uy 92-shaxobcha. Andijon viloyati, Paxtaobod tumani, Lolazor MFY, Xilol ko‘chasi, 32-uy 87-shaxobcha. Andijon viloyati, Paxtaobod tumani, Teraktagi MFY, Kamolot ko‘chasi, 78-uy 69-shaxobcha. Andijon viloyati, Paxtaobod tumani, Uchko‘za MFY, Universitet ko‘chasi, 56-uy 65-shaxobcha. Andijon viloyati, Marxamat tumani, Qoraqo‘rg‘on MFY, Xunarmand ko‘chasi, 156-uy 46-shaxobcha. Andijon viloyati, Paxtaobod tumani, Durdiyor MFY, Navbaxor ko‘chasi, 6-uy 36-shaxobcha. Andijon viloyati, Ulug‘nor tumani, Shaxriobod MFY, Savdogar ko‘chasi, 16-uy 130- sonli ijtimoiy dorixona. Andijon viloyati, Shaxrixon tumani, Qalacha MFY, S.Forsiy ko‘chasi, 461-uy 68-sonli ijtimoiy dorixona. Andijon viloyati, Paxtaobod tumani, Soy Bo‘yi MFY, Oltinsoy ko‘chasi, 42-uy 131-sonli ijtimoiy dorixona. Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, ORS MFY, ORS ko‘chasi, 1-A uy 151-sonli ijtimoiy dorixona. Andijon viloyati, Shahrixon tumani, Markaz MFY, Qo‘rg‘oncha ko‘chasi, 31-uy 158-sonli ijtimoiy dorixona. Andijon viloyati, Ulug‘nor tumani, Oq Tom MFY, Mir Alisher ko‘chasi, 24-uy 179-sonli ijtimoiy dorixona. Andijon viloyati, Shahrixon tumani, Markaz MFY, Qo‘rg‘oncha ko‘chasi, 7/1-uy 66-sonli ijtimoiy dorixona. Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani, Iqtisodchi MFY, Diydor ko‘chasi, 282-uy 240-shaxobcha. Andijon viloyati, Paxtaobod tumani, Obod MFY, Farovon ko‘chasi, 224-uy 251-shaxobcha. Andijon viloyati, Marxamat tumani, Boboxuroson MFY, Baxoriston ko‘chasi, 92-uy 229-shaxobcha. Andijon viloyati, Marxamat tumani, Mirishkor MFY, Dorboz ko‘chasi, 16-uy 228-shaxobcha. Andijon viloyati, Xonabod shahar, Fitrat MFY, Shifobaxsh ko‘chasi, 128-uy, 13-xonadon 215-sonli ijtimoiy dorixona.

  • 28 Fevral, 15:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech