Yangiliklar

not found

Kanadalik olimlar qon tahlili orqali depressiyani aniqlash usulini ishlab chiqdilar

Makgill universiteti (Kanada) olimlari yangi laboratoriya tahlili yordamida oʻsmirlarda depressiya rivojlanganda qondagi miqdori ortadigan toʻqqizta molekulani aniqlashga erishdilar. Ushbu molekulalarning miqdoriga asoslanib, olimlar vaqt oʻtishi bilan kasallik belgilarining kuchayish xususiyatlarini aniqlay oldilar. Klinik tadqiqot natijalari depressiyani belgilari kuchayishidan oldin, erta bosqichlarda aniqlash usulini ishlab chiqish imkonini berdi. Bunda katta yoshli bemorlarda mazkur toʻqqizta molekula (mikroRNK) miqdorining oshishi kuzatilmadi. Bu esa ushbu biologik jarayonlar faqat oʻsmirlarga xos boʻlishi mumkinligini taxmin qilishga asos boʻladi. Tadqiqot doirasida qon namunalari olinib, ularning molekulyar yaxlitligini saqlash maqsadida quritildi va muzlatildi. Namunalarni olish, saqlash va tashish jarayoni oson boʻlgani sababli, bu usul klinik amaliyotda keng qoʻllanilishi mumkin. Usul namunalardan mikroRNKni ajratib olish va keyinchalik uni tahlil qilishni oʻz ichiga oladi. Tadqiqotning birinchi muallifi Alisa Morgunova aytishicha, olingan natijalar ruhiy kasalliklarning rivojlanishiga hamroh boʻlgan dastlabki biologik oʻzgarishlarni kuzatish imkonini beruvchi usuldan amalda foydalanish mumkinligini tasdiqlaydi. Tadqiqotchilar olingan natijalarni oʻsmirlarning kattaroq guruhlari orasida tasdiqlashni va mikroRNKning genetik xavf omillari hamda tashqi muhit taʼsiri bilan oʻzaro aloqa mexanizmlarini oʻrganishni rejalashtirmoqdalar.

  • 26 May, 12:10
  • Batafsil
not found

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari negizida tuman (shahar) sogʼliqni saqlash boʼlimlari tashkil etiladi

“Sogʼliqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ-185-son, 19.05.2025 y.) qabul qilindi. Qarorga koʼra, 2025 yil 1 iyuldan 15 ta tuman (shahar)larda, 2026 yil 1 yanvardan Samarqand viloyatida tajriba-sinov tariqasida sogʼliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modelini (Tajriba-sinov loyihasi) joriy etish doirasida sogʼliqni saqlash tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan: - birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tubdan qayta koʼrib chiqish orqali oilaviy poliklinikalarda koʼrsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish; - tibbiyot xodimlarining bilim va malakasini oshirish, ular mehnatiga munosib haq toʼlash tizimini joriy qilish.  Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish maqsadida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari negizida tuman (shahar) sogʼliqni saqlash boʼlimlari tashkil etiladi. Quyidagilar tuman (shahar) sogʼliqni saqlash boʼlimlarining asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan: - koʼp tarmoqli markaziy poliklinikalarni markaziy shifoxonalarning maslahat-diagnostika boʼlinmalariga aylantirish; - tibbiyot xodimlari faoliyatini tasdiqlangan mehnat samaradorligi koʼrsatkichlari boʼyicha nazorat qilish hamda natijalar asosida ularni ragʼbatlantirish. 2025 yil 15 iyungacha Tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan hududlarda, 2025 yil yakunigacha qolgan hududlarda aholi “Elektron sogʼliqni saqlash” axborot tizimida roʼyxatdan oʼtkaziladi hamda tibbiyot brigadalariga biriktiriladi. Shuningdek, “Tibbiyotda 90 kunlik oʼzgarishlar” dasturi ishlab chiqilgan boʼlib, 2025 yil 1 iyundan Dastur doirasida qisqa muddatda tibbiyot muassasalarida aholi uchun qulay sharoitlar maqsadida quyidagilar yoʼlga qoʼyiladi, jumladan: - tibbiyot muassasalarida kutish zallari tashkil qilinib, oʼrindiqlar bilan taʼminlanadi; - aholi, bemorlar, nogironlar harakatlanishi uchun qulayliklar yaratiladi; - “Ona va bola” xonalari tashkil qilinadi, xonalar va yoʼlaklar tejamkor zamonaviy yoritish qurilmalari bilan jihozlanadi.

  • 23 May, 11:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech