Yangiliklar

not found

Qirgʻizistondan olib kelingan kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari toʻxtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Fargʻona tumanida istiqomat qiluvchi, 1981-y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan shaxs va 1995-y.t., muqaddam oʻgʻrilik jinoyati uchun sudlangan fuqaro oʻzaro til biriktirib, Qirgʻiz Respublikasidan aylanma yoʻllar orqali olib kelingan 56000 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini yashash xonadonlariga yashirib qoʻyganliklari fosh etildi. Mazkur xonadonni koʻzdan kechirish jarayonida, qoʻshimcha 6780 dona “Zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi ham maʼlum boʻldi. DXX Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari ham bojxona organlari bilan hamkorlikda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida tezkor tadbir oʻtkazishdi. Natijada, Samarqand viloyatining Bulungʻur tumanida doimiy yashovchi, 1985-y.t., muqaddam sudlangan fuqaroning “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi va uning Yakkasaroy tumanidagi ijaraga olgan xonadoni koʻzdan kechirilganda, jami 43666 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Taʼkidlash lozimki, ushbu dori vositalari ham Qirgʻiz Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

  • 16 Sentyabr, 10:00
  • Batafsil
not found

Omega-3 ni kimlar ehtiyotkorlik bilan qabul qilishi kerak?

Hozirgi kunda omega-3 yogʻ kislotalarining tanqisligi keng tarqalgan muammodir. Baʼzi tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, gʻarb mamlakatlarida 70-80 foizgacha odamlar oziq-ovqat orqali ushbu muhim ozuqa moddalarini yetarli miqdorda qabul qilmaydi. Rossiyalik trixolog Anna Averkina omega-3 shunchaki moda emas, balki zarur qoʻshimcha ekanligi haqida soʻz yuritadi. Organizmda omega-3 yetishmasligi teri va soch qurishiga olib kelishi mumkin, bu koʻpincha soch sinishi va toʻkilishi bilan birga kechadi. “Omega yetishmasligi ekzema va psoriaz kabi terining yalligʻlanish holatlarini kuchaytiradi. Tirnoq moʻrtlashishi va sekin oʻsishi ham omega-3 yetishmovchiligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin”, deya tushuntiradi u. Shifokorning soʻzlariga koʻra, omega-3 ruhiy salomatlikni saqlashda muhim rol oʻynaydi, ushbu modda yetishmasligi esa depressiyaga sabab boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, omega-3 tanqisligi yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi, chunki ular xolesterin va qon bosimini meʼyorda ushlab turishga yordam beradi. “Omega-3 ning tavsiya etilgan sutkalik dozasi yosh, jins va salomatlik holatiga qarab oʻzgaradi. Kattalarga kuniga 250-500 mg ga yaqin EPA va DHA (dokozageksayen va eykozapentayen kislotalari) kombinatsiyasini isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Aniq tibbiy koʻrsatmalarga ega boʻlgan odamlar yoki homilador ayollar uchun doza yuqori boʻlishi mumkin, ammo bunda shifokor bilan maslahatlashish kerak”, deydi ekspert. Koʻp hollarda omega-3 ni doimiy ravishda qabul qilish mumkin. Buning sababi shundaki, ular organizm mustaqil ravishda sintez qila olmaydigan va tashqi manbalardan olishi kerak boʻlgan asosiy oziq moddalardir. Biroq bunda ham bir nechta jihatlarni hisobga olish kerak. “Simob va boshqa toksinlardan tozalangan, ayniqsa, baliqdan tayyorlangan sifatli omega-3 qoʻshimchalarini tanlang. Tavsiya etilgan dozaga rioya qilish ham muhim. Haddan tashqari yuqori dozalar qonni suyultirishi va boshqa nojoʻya taʼsirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ularni uzoq vaqt qabul qilishni boshlashdan oldin har doim shifokor bilan maslahatlashish kerak”, deya qoʻshimcha qiladi u. Mutaxassisning taʼkidlashicha, omega-3 ayniqsa bolalarda miya va koʻrish qobiliyatining rivojlanishi uchun muhimdir. Tanqislik diqqatni jamlash va oʻqish bilan bogʻliq muammolarga olib kelishi mumkin. Omega-3 homila va chaqaloq asab tizimining toʻgʻri rivojlanishi uchun zarur. Homiladorlik va emizish paytida omega-3 shakllaridan biri boʻlgan DHA ni koʻpaytirilgan miqdorda qabul qilish tavsiya etiladi.

  • 13 Sentyabr, 09:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech