Yangiliklar

not found

Elektron sigaretalar o‘smirlarda miya rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi

Joriy yil 1-mart sanasidan boshlab yurtimizda elektron sigaretalar muomalasi taqiqlanadi. Mamlakatimizda elektron sigaretalar muomalasining taqiqlanishi, aholi, ayniqsa yoshlar salomatligini muhofaza qilishda muhim qadam boʻladi. Chunki, еlektron sigaretalar suyuqligi tarkibida nikotin miqdori odatiy sigaretadan kamida 66-martagacha koʻproq boʻlishi mumkin yoki 3 ta quti sigaretadagi nikotin miqdoriga teng. Bundan tashqari, ularda kanserogen, zaharli 80 xil kimyoviy birikmalar va ogʻir metallar mavjud boʻlib, ular inson sogʻligʻi va atrof-muhitga jiddiy xavf tugʻdiradi. Xususan, nikotinga qaramlik oʻsmirlarda miya rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatib, bilim va qobiliyat pasayadi, ruhiy agressivlik va bronx-oʻpka yalligʻlanishiga olib keladi. Shuningdek, markaziy nerv, oshqozon-ichak tizimlari, buyrak va jigar funksiyasi buzilishi, gipertoniya, insult, infarkt kabi yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfi yuqori. Koʻpgina zamonaviy elektron sigaretalar aerozoliga sariyogʻ va smetana hidi beruvchi diatsetil moddasi qoʻshiladi. Ushbu modda nafas olinganda oʻpkaning mayda gʻovak toʻqimasi – bronxiolalarning berkilishini keltirib chiqarishi mumkin. Tibbiy amaliyotda bunday holat obliteratsiyalovchi bronxiolit (“bodroqsimon oʻpka” kasalligi) deb ataladi. Elektron sigareta chekadiganlarda qaramlik odatdagi chekuvchilarga nisbatan tezroq rivojlanadi. Tadqiqotlar koʻrsatishicha, ham anʼanaviy tamaki, ham elektron sigareta chekuvchi yoshlarning 64 foizidan ortigʻida nikotinga qaramlik belgilari koʻproq namoyon boʻladi. Dunyo mamlakatlarida elektron sigaretalar muomalasini huquqiy jihatdan tartibga solishda turlicha yondashiladi. Xususan, bugungi kunda 37 ta davlatda uning muomalasi taqiqlangan. Ular orasida Braziliya, Norvegiya, Singapur, Turkiya, Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston bor. Shuningdek, Belgiya, Buyuk Britaniyada bir martalik elektron sigaretalarni sotish man qilingan.

  • 16 Fevral, 10:00
  • Batafsil
not found

Reimbursatsiya dasturi: Davlat tibbiy sug‘urtasi orqali aholiga berilayotgan bepul dori vositalari

Milliy matbuot markazida “Reimbursatsiya dasturi: davlat tibbiy sug‘urtasi orqali aholiga berilayotgan dori vositalari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi, “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mas’ullari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Matbuot anjumanida "Dori-Darmon" AK chakana savdoni rivojlantirish direktori Abduvohid Inagamov reimbursatsiya tizimi doirasida kompaniyada olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5 sentabrdagi PQ-311-son “Davlat tibbiy sug‘urta mexanizmlarini joriy etishga oid chora tadbirlar to‘g‘risida” gi Qaroriga asosan tibbiy sug‘urta mexanizmlari doirasida viloyatlarda, xususan Surxondaryo, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Toshkent va Jizzax viloyatlarida elektron retsept tizimini joriy etish, dorixona va dorixona shoxobchalarini reimbursatsiya dasturiga ulash ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi va uning tizimidagi jamiyatlarga qarashli 481 ta dorixona va dorixona shoxobchalarida reimbursatsiya dasturi mavjud. Xususan, “Qaraqalpaq Da’ri-Darmaq”ning 18 ta, “Buxoro Dori-Darmon”ning 104 ta, “Xorazm Dori-Darmon”ning 89-ta, “Samarqand Dori-Darmon”ning 58 ta, “Navoiy Dori-Darmon”ning 39 ta, “Qashqadaryo Dori-Darmon” ning 48 ta, “Andijon Dori-Darmon”ning 9 ta, “Surxon Dori-Darmon”ning 23 ta dorixonasidan elektron retsept asosida dori vositalari olish mumkin. Bundan tashqari Sirdaryo mintaqaviy bo‘linmamizda 47 ta va Toshkent shahrida kompaniyaning 32 ta va “O‘zbekiston Dori ta’minoti”ning 14 ta dorixona va dorixona shoxobchalari ham reimbursatsiya dasturi bo‘yicha ish olib bormoqda. Va bu ishlar barcha viloyatlardagi jamiyatlarimizda izchillik bilan davom ettirilmoqda. Yaqin kunlarda Farg‘ona, Namangan, Toshkent va Jizzax viloyatlarida ham hududiy jamiyatlarimizga qarashli dorixonalar reimbursatsiya asosida ish olib borishni boshlaydi. 2025-yil davomida kompaniya va hududlardagi jamiyatlarimizning reimbursatsiya dasturiga ulangan dorixonalari orqali, tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, 28,3 mlrd so‘mlik dori vositalari elektron retsept orqali bemorlarga bepul berildi. Hozirda reimbursatsiya dasturiga gipertoniya, yurak-ishemik kasalligi, qandli diabetning 2 turi, bronxial astma va o‘pkaning surunkali obstruktiv xastaligi kiritilgan bo‘lib, ularga chalingan bemorlarga oilaviy shifokor yozgan elektron retsept asosida dorixonalar orqali 28 turdagi dori-darmonlar bepul berilmoqda. Tavsiya qilinayotgan dorilar surunkali kasallikka chalingan bemorlarga ambulator sharoitda davolanishi, kasallanish darajasini kamaytirish uchun qo‘llanilibgina qolmay, surunkali kasalliklarning belgilari va asoratlarini kamaytirishga, bemorning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Matbuot anjumanida A. Inagamov quyidagilarni alohida ta’kidladi: - Shu o‘rinda tushuntirish bermoqchiman, Reimbursatsiya asosida kafolatlangan paket doirasida elektron retsept bilan beriladigan dori vositalari dorixonalar tomonidan aholiga bepul taqdim etiladi va qilingan sarf-xarajatlar dorixonalarga Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan to‘lab beriladi. 2025-yil 16 dekabrdan dorixonalar orqali elektron retsept bilan berilayotgan antibiotiklar va tizimli ta’sir etuvchi sintetik antibakterial dori vositalari hamda garmonal dori vositalari esa bemorlar tomonidan xarid qilinadi. “Elektron retsept” modulining mohiyati shundaki, tizim dorilarning dozasi va shaklini hisobga olgan holda Xalqaro patentlanmagan nomi bilan elektron retsept yozishni ta’minlaydi. Retsept asosida dorini markirovka qilingan holda sotish imkonini beradi. Barcha jarayonlar avtomatlashtiriladi, inson omili kamayadi. Bemorlar DMED mobil ilova orqali o‘z retseptlarini kuzatib borishi mumkin bo‘ladi.

  • 10 Fevral, 17:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech