13:14 (27.08.2025)
72
Bugʻimlar sogʻligi uchun menyuda skumbriya, bodom, qulupnay, zaytun yogʻi va brokkoli kabi mahsulotlar boʻlishi kerak.
“Losos, skumbriya, sardina, selyodka kabi yogʻli baliqlar — omega-3 koʻp toʻyinmagan yogʻ kislotalarining asosiy manbalaridan hisoblanadi. Ushbu kislotalar yaqqol yalligʻlanishga qarshi taʼsirga ega. Omega-3 moddalari yalligʻlanishni kuchaytiruvchi sitokinlar va prostaglandinlar miqdorini kamaytirib, bugʻim pardasidagi yalligʻlanishni pasaytiradi. Yogʻli baliqni muntazam isteʼmol qilish revmatoid artrit rivojlanish xavfini 52% ga kamaytiradi”, — dedi travmatolog-ortoped Oles Tixonov.
Shuningdek, shifokorning fikricha, yongʻoq, bodom, zigʻir urugʻi va chia urugʻi kablar boʻgʻimlarga yaxshi taʼsir qiladi.
“Yongʻoq va urugʻlar Ye vitamini, magniy, sink hamda omega-3 moddalariga boy. Bu moddalar yalligʻlanish jarayonlarini tartibga solishda ishtirok etadi, hujayra membranalarini shikastlanishdan himoya qiladi va toʻqimalar tuzilishini saqlashga yordam beradi. Gilos, chernika va qulupnay kabi rezavorlar antioksidantlarga, xususan, yalligʻlanish jarayonlarini kamaytirishda yordam beruvchi antotsianlarga boy. Bu moddalar tanada, jumladan, bugʻimlardagi yalligʻlanishni kamaytiradi. Shuningdek, rezavorlar tarkibida toʻqimalar mustahkamligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan kollagen sintezi uchun muhim boʻlgan S vitamining koʻp miqdorda mavjud”, — deya taʼkidladi shifokor.
Zaytun yogʻi tarkibida oleokantal mavjud — bu tabiiy modda oʻz taʼsir mexanizmi jihatidan steroid boʻlmagan yalligʻlanishga qarshi dorilarga oʻxshaydi. U yalligʻlanish jarayonida ishtirok etuvchi COX-1 va COX-2 fermentlarini toʻsadi, shu orqali bugʻimlardagi ogʻriq va shishni kamaytiradi.
Brokkoli va gulkaramga oʻxshash sabzavotlar esa sulforafan moddasiga boy — bu modda bugʻimlarni yemiruvchi fermentlarni bloklaydi va yalligʻlanish darajasini pasaytiradi. Shuningdek, bu turdagi sabzavotlar tarkibida inson salomatligi uchun muhim boʻlgan kletchatka, antioksidantlar va fitonutriyentlar mavjud», — deya qayd etdi shifokor.