08:48 (08.01.2025)
153
Islandiyalik mutaxassislar o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, bir kecha-kunduzda to‘qqiz soatdan ortiq uxlaydigan odamlarda insultga chalinish ehtimoli 85 foizga yuqori bo‘lishi mumkin.
Tadqiqot natijalari Neurology jurnalida chop etildi.
Tadqiqot Nordic Health Research deb nomlangan yirik loyiha ma’lumotlariga asoslangan. Unda og‘ir xastaligi yo‘q, o‘rtacha yoshi 62 yosh bo‘lgan 32 ming kishi etdi. Tadqiqotchilar ishtirokchilarni olti yil davomida kuzatib, ularning uyqu rejimi va kasallik tarixi haqida ma’lumot to‘plashdi.
Natijalar kuniga to‘qqiz soatdan ortiq uxlaydigan (ishtirokchilarning 24 foizi) yoki kunduzi 90 daqiqadan ko‘proq dam oladigan (ishtirokchilarning 8 foizi) odamlarda insult xavfi 7-8 soat uxlaydigan odamlarga nisbatan 85 foiz yuqori ekanini ko‘rsatdi.
Olimlarning ta’kidlashicha, haddan tashqari ko‘p uxlash qon-tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini oshiradi. Tungi uyqu davomiyligi tavsiya etilgan me’yordan oshib ketgan ishtirokchilarda insult xavfi 23 foizga ortgan. Uzoq muddatli kunduzgi uyqu ham xavfli bo‘lib chiqdi: tadqiqotda bir yarim soatdan ortiq dam olish qon-tomir kasalliklari ehtimolini 25 foizga oshirgan.