11:50 (10.04.2025)
303
Sun’iy intellekt birinchi marta yurak xuruji natijasida to‘satdan yurak to‘xtash xavfini 14 kun oldin bashorat qilishni o‘rgandi.
Fransiya va AQSH olimlari tomonidan ishlab chiqilgan yangi algoritm 240 mingdan ortiq kunlik EKG tahlillarida 70 foizdan ortiq aniqlikni ko‘rsatdi. Natijalar European Heart Journal jurnalida chop etilgan.
Yaratilgan sun’iy intellekt modeli inson miyasining ishlashiga taqlid qiladi va xavfli aritmiya - yurakning o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan ritm buzilishidan oldin paydo bo‘ladigan zaif elektr signallarini topishga qodir.
"Biz 24 soatlik EKG yozuvi orqali yaqin ikki hafta ichida xavfli aritmiya yuzaga kelish ehtimoli yuqori bo‘lgan bemorlarni oldindan aniqlash mumkinligini aniqladik," - deydi tadqiqot mualliflaridan biri, kardiolog Loran Fiorina.
Algoritm qorinchalarning elektr stimulyatsiyasi va bo‘shashish vaqtini kuzatib boradi - bu ilgari muntazam diagnostikada qo‘llanilmagan asosiy ko‘rsatkichdir. SI sinovlarda 70 foiz holatda xavf guruhidagi bemorlarni, 99,9 foiz holatda xavfdan xoli bo‘lgan bemorlarni to‘g‘ri aniqladi.
Kelajakda texnologiya shifoxona monitorlari, ko‘chma EKG-rekorderlar va hatto aqlli soatlarga o‘rnatilishi mumkin. Mualliflar real sharoitlarda modelning samaradorligini tasdiqlash uchun klinik sinovlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.