08:57 (22.01.2025)

74

Qaysi vitaminlar 40 yoshdan oshgan ayollar uchun mumkin emas?

Sog‘lom turmush tarzi urfda, shuning uchun deyarli har bir kishi vitaminlar va biologik qo‘shimchalarni qabul qiladi. Biroq, shifokor bilan maslahatlashmasdan turli vitamin va BFQ larni iste’mol qilmaslik kerak.

Ayniqsa, 40 yoshdan oshgan bo‘lsangiz, deydi ginekolog-endokrinolog Yekaterina Volkova. Vitaminlar turli ko‘rinishda ishlab chiqariladi: ba’zilari profilaktik vositalar sifatida qo‘llansa, boshqalari faol moddalarni o‘z ichiga oladi. Ayrim turdagi kapsulalar va tabletkalar ma’lum moddaga bo‘lgan kunlik ehtiyojning 200-300% ni o‘z ichiga oladi. Agar bunday vitaminlar tartibli va kerakli dozalarda qabul qilinmasa, o‘sha moddaning tanada ortiqcha yig‘ilib qolishi kuzatiladi. Bu esa xavfli holatdir.

Xavfli bo‘lgan vitaminlar

E vitamini. Uning kundalik dozasi 1000 mg dan oshsa, qon ketish, gipertoniya, jinsiy gormonlar va qalqonsimon bez gormonlar ishlab chiqarishning kamayishi kuzatiladi.

C vitamini. Bir qarashda zararsiz ko‘rinadigan askorbin kislotasi buyrakda toshi bor bemorlar uchun xavfli bo‘lib, boshqa buyrak kasalliklariga moyil bo‘lgan insonlarga zarar yetkazishi mumkin. Shifokorlar kuniga 50 mg dan ortiq askorbin kislotasini ichishni tavsiya etmaydi. Bir martalik davolanish kursi va bir oydan oshmasligi lozim.

A vitamini. Chekuvchilar bu vitaminni qabul qilishda ayniqsa ehtiyot bo‘lishlari kerak. Retinol bilan birgalikda sigaretalar o‘pka saratonining rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.

Temir. Temir tanqisligi keng tarqalgan muammo, biroq organizmda yallig‘lanish jarayoni mavjud bo‘lsa, temirning foydasi tegmaydi.

Kalsiy. Bu foydali mineral D vitamini bilan birgalikda yaxshi so‘riladi. Kalsiyning ortiqcha dozasi esa asab tizimiga zarar yetkazadi.

Omega-3. Ortiqcha omega-3 qonning ivish darajasini kamaytiradi va anemiyaga olib keladi.

AQSH Milliy Sog‘liqni saqlash instituti (NIH) olimlari uchta yirik tadqiqot o‘tkazdi. Unda 390 mingdan ortiq sog‘lom bo‘lgan katta yoshli insonlar ishtirok etdi. Tadqiqot yigirma yil davom etdi. Kuzatuvda multivitaminlarni qabul qilishning hayot davomiyligiga ta’siri tahlil qilindi.

Eksperiment ishtirokchilari uch guruhga: polivitaminlarni qabul qilmaganlar, vaqti-vaqti bilan qabul qilganlar va har kuni qabul qiladiganlarga bo‘lindi.

Natijalarga ko‘ra, har kuni multivitaminlarni qabul qilish hayotni uzaytira olmasligi aniqlandi. Vitaminlar saraton, yurak kasalligi yoki aterosklerozdan himoya qilmaydi. Aksincha, polivitaminlarni qabul qilganlar orasida o‘lim ko‘rsatkichi bir oz yuqori bo‘ladi. Olimlar so‘zlariga ko‘ra, aholisi uzoq umr ko‘radigan hududlarda insonlar ko‘proq sabzavot, meva va dukkakli ekinlarni iste’mol qiladilar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech