09:00 (25.06.2025)

272

Katarakta: oldini olish va rivojlanishini sekinlashtirish mumkin

Katarakta dunyoda koʻrlikning asosiy sababi boʻlib, soʻnggi 20 yil ichida bu holatlar 30% ga oshgan.

Jarrohlik kataraktani davolashning asosiy usuli hisoblanadi, ammo tadqiqotchilar toʻgʻri ovqatlanish kasallikni oldini olish, rivojlanish darajasi va ogʻirligi, shuningdek, ikkilamchi kataraktning rivojlanishiga sezilarli taʼsir etishini qayd etdi.

Katarakta shakllanishi maʼlum omillar bilan chambarchas bogʻliq: bemorlarning yoshi, ultrabinafsha nurlarning taʼsiri hamda diabet, gipertenoniya va surunkali buyrak kasalligi kabi birga keladigan kasalliklarning mavjudligi.

Jarrohlik usuli bilan davolash tufayli katarakta oqibatida kelib chiqadigan koʻrlik holatlari kamayganiga qaramay, statistik tahlillar soʻnggi yigirma yil ichida katarakta bilan kasallanish holatlari deyarli 30% ga oshganini koʻrsatadi. Shuningdek, katarakta boshlanishini 10 yilga kechiktirish kasallanish darajasini 2 barobarga kamaytirishi taxmin qilinmoqda.

Jarrohlik kataraktani davolashning asosiy usuli hisoblanadi, ammo baʼzi bemorlar operatsiyadan keyin ikkilamchi katarakta rivojlanadi. Buning oldini olishda turmush tarzini oʻzgartirish, shu jumladan toʻgʻri ovqatlanish muhim rol oʻynashi mumkin.

Tartibsiz ovqatlanish kataraktaning rivojlanish chastotasi va ogʻirligiga, shuningdek, ikkilamchi kataraktning rivojlanishiga bilvosita taʼsir qilishi mumkin.

Koreyada oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, qaynatilgan guruch, loviya, kimchi, sabzavotlar, oʻtlar, oʻrtacha miqdorda baliq, parranda goʻshti, qizil goʻshtni kam isteʼmol qilish, kunjut va perilla yogʻi ustun boʻlgan diyeta katarakta operatsiyalari sonini 20% ga kamaytirdi.

Yaponiyada katarakta boʻlmagan 45 yoshdan 74 yoshgacha boʻlgan 32 mingdan ortiq erkak va 40 mingga yaqin ayol ishtirokida tadqiqotlar oʻtkazildi. Ularning ovqatlanishi 5 yil davomida anketalar asosida baholandi. Ushbu tadqiqot shuni koʻrsatdiki, sabzavotlar ayollarda emas, balki erkaklarda katarakta xavfini kamaytirishi mumkin hamda meva isteʼmol qilish va katarakt bilan kasallanish oʻrtasida hech qanday bogʻliqlik yoʻq.

2017-yilda Sedaghat et al. katarakta rivojlanishi va turli xil ozuqaviy moddalarni isteʼmol qilishning beshta modeli oʻrtasidagi bogʻliqlikni baholadi:

- Birinchi guruh ishtirokchilari natriy, oqsil, uglevodlar, rux, V1, V2 va V6 vitaminlari yuqori boʻlgan mahsulotlarni isteʼmol qildi;

- Ikkinchi guruhning ratsioni olein, linol, linolen va toʻyingan yogʻ kislotalariga, trans yogʻlariga, Ye vitaminiga boy edi;

- uchinchi guruh kalsiy, xolesterin, D vitamini va V12 ni koʻp isteʼmol qilgan;

- toʻrtinchi guruhning menyusi retinol, karotenoidlar, S vitamini va Omega-3 yogʻ kislotalari kabi turli xil antioksidantlarga boy boʻldi. Ushbu guruhda katarakta xavfi eng past boʻlgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech