09:00 (28.09.2023)
1779
Yurtimiz tibbiy oliy taʼlimida talabalarning bilim va koʼnikmalarini baholash, ularning malakali kadr boʼlib yetishishlarini taʼminlashga qaratilgan qator oʼzgarishlar amalga oshirilmoqda.
Bu boradagi yangiliklar haqida Sogʼliqni saqlash vazirligi Ilm-fan va taʼlim boshqarmasi boshligʼi Oʼktam Ismoilov maʼlumot berdi.
— 2023/2024 oʼquv yilidan boshlab bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bosqichlari talabalarining nazariy hamda amaliy bilim-koʼnikmalari inson omilisiz, maxsus robot-simulyatorlar orqali baholanadi, — deydi Oʼ.Ismoilov.
Prezidentimizning “Maʼmuriy islohotlar doirasida sogʼliqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Yoʼl xaritasi”da tibbiyot oliy taʼlim muassasalari hamda tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash muassasalari uchun ularning byudjetdan tashqari mablagʼlari hisobidan simulyator uskunalarini xarid qilish vazifasi belgilangan edi.
Muassasalarda ushbu uskunalarni oʼrtanish ishlari olib borilmoqda.