08:55 (19.06.2024)

1097

Sunʼiy intellekt saratonni oldindan aniqlash va davolashda yordam beradi

Glazgo (AQSH) universiteti tadqiqotchilari Nyu-York universiteti xodimlari bilan hamkorlikda saraton kasalligiga qarshi kurashish uchun neyron tarmoqni ishlab chiqdi va oʻrgatdi.

Tizim "Gistomorfologik fenotipni oʻrganish" deb ataladi. Mualliflar 452 bemordan olingan oʻpka adenokarsenomasi toʻqimalarining namunalari bilan minglab yuqori aniqlikdagi tasvirlardan foydalanganlar.

Neyron tarmogʻi yordamida qilingan bashoratlar maʼlumotlar bazasidagi haqiqiy natijalarga mos keldi. Sunʼiy intellekt 72 foiz hollarda kasallikning remissiyadan chiqish ehtimoli va vaqtini toʻgʻri baholay olgan. Ushbu texnologiya yordamida shifokorlar bemorlardagi kasalliklarni tezroq tashxislarlari, kelajakda saraton kasalligini davolash statistikasini yaxshilashlari mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech