17:29 (22.11.2023)
1834
Italiyaning Valensiya xalqaro universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi. Shakar oʼrnini bosuvchi moddalarni oʼz ichiga olgan parhez ichimliklarni isteʼmol qilish diabet, semizlik, gipertoniya va yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Tadqiqot natijalari Science Direct tomonidan chop etildi.
Shirin past kaloriyali ichimliklar sunʼiy shakar oʼrnini bosuvchi moddalar yordamida ishlab chiqariladi. Ishlab chiqaruvchilar ularni shakarga "sogʼlom muqobil" deb atashadi, ammo bunday analoglar xavfsiz emas. Ular yurak-qon tomir kasalliklari, surunkali buyrak kasalligi, semizlik, gipertenoniya, diabet va oshqozon osti bezi saratoni rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Tadqiqotchilar ichimliklar buyrak kasalligi va saraton rivojlanish xavfi oʼrtasidagi bogʼliqlikni zaif deb atashgan, ammo shakar oʼrnini bosuvchi moddalar aslida ichaklarga zarar yetkazishi va disbakteriozni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, parhezli ichimliklar ichish glyukoza almashinuvi jarayonini buzadigan ayrim ichak bakteriyalarining koʼpayishiga sabab boʼladi, deyiladi tadqiqotda.