17:58 (09.01.2025)
158
Kunduzgi uyquchanlik har doim ham charchoqdan kelib chiqmaydi, ba’zida u kasalliklar va patologiyalardan darak berishi mumkin, dedi kardiolog-shifokor Lyudmila Palatkina.
Masalan, bunday holatga anemiya sabab bo‘lishi mumkin. Anemiyada uyquchanlik bilan bir qatorda taxikardiya va teri oqarishi ham kuzatiladi. Shuningdek, qalqonsimon bez funksiyasining pasayishi - gipotireoz tufayli ham uyqu tortishi mumkin. Bu kasallik odatda vazn ortishi bilan birga davom etib boradi.
Arterial gipotoniyali bemorlarning ham doim uyqusi keladi, deydi Palatkina. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bu jismoniy zo‘riqishga chidamlilikning pasayganligidan dalolat beradi
Doimiy uyquchanlik tashxislar orasida obstruktiv uyqu apnoyesi sindromi, shuningdek, miya qon aylanishining buzilishi – insult ham bor.
Kunduzgi uyquchanlikning eng oddiy sababi uyqu gigiyenasining buzilishi bo‘lishi mumkin, deydi shifokor.
"Bu holatda muammoga qarshi kurashish uchun rejimni normallashtirish, tungi dam olishdan ikki soat oldin televizor ko‘rish yoki smartfondan foydalanishdan voz kechish, uyqu oldidan og‘ir kechki ovqat tanavvul va spirtli ichimliklarni istisno qilish kifoya," - deya xulosa qildi mutaxassis.