08:50 (19.04.2024)

1782

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti soxtalashtirilgan yoki sifatsiz tibbiy mahsulot haqidagi №1/2024 sonli ogohlantirishni eʼlon qildi

Unda JSSTning Sharqiy Oʼrta yer dengizi mintaqasida muomalada boʼlgan preparatlar tarkibida soxtalashtirilgan “USP/EP propylene glycol” moddasi borligi maʼlum qilindi.

Haqiqiy propylene glycol farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishda yordamchi xom ashyo sifatida foydalanish uchun moʼljallangan va Amerika Qoʼshma Shtatlari Farmakopeyasi va Yevropa Farmakopeyasi (USP/EP) dori formulalarida foydalanish uchun materiallarga qoʼllaniladigan standartlarga javob beradi.

Xabarda aytilishicha, Pokistonning Dori vositalarini tartibga solish organi (DRAP) tomonidan ogʼiz orqali yuboriladigan suyuq dori vositalarining potentsial ifloslanish holati oʼrganilganda, ularning tarkibida ("Dow" kompaniyasiga tegishli) qalbakilashtirilgan propilenglikol moddasi boʼlgan shubhali oʼramlar aniqlangan hamda namunalar Pokiston markaziy laboratoriyasi tomonidan tekshirilgan.T ahlil namunalarda qabul qilib boʼlmaydigan darajada etilenglikol ifloslanishi yuqori konsentratsiyada (0,76% dan 100% gacha) mavjudligini aniqlashga imkon berdi. DRAP 2024 yil yanvar va mart oylari orasida beshta ifloslangan partiyani aniqlash boʼyicha uchta ogohlantirish berdi.

Oʼz navbatida "DOW" kompaniyasi JSST ogohlantirgan xomashyo soxta ekanligini va bu moddalar kompaniya tomonidan ishlab chiqarilmaganligini tasdiqladi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi, hozirgi kunda toza holda va dori vositalari tarkibida yordamchi modda sifatida qoʼllaniladigan propilenglikol, glitserin, sorbitol, polietilenglikol, makragol va boshqa glikollar tarkibida yot modda sifatida uchraydigan EG va DEGlarni aniqlash boʼyicha OFS 42 Uz-0015-5346-2023-son “Определение подлинности и количества этиленгликоля и диэтиленгликоля в лекарственных препаратах” umumiy farmakopeya maqolasi tasdiqlanib amaliyotga joriy etilganligini maʼlum qilgan.

Shuningdek, 2023 yil fevral oyidan boshlab, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan va mamlakatimizga kirib kelayotgan sirop shakldagi dori vositalari tarkibi dietilenglikol (DEG) va etilenglikol (EG) moddalari boʼyicha chuqur tekshirilib, Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan bu borada qatʼiy nazorat oʼrnatilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech