Yangiliklar

not found

Mehnatga layoqatsizlik varaqalar haqida nimalarni bilishimiz kerak

Mehnatga layoqatsizlik varaqalari eng koʼp marotaba rasmiylashtiriladigan xujjat dib aytsak mubolagʼa boʼlmaydi. Shuning uchun Аdliya vazirligi Huquqni qoʼllash departamenti  tomonidan aynan ana shu xujjat borasida eng koʼp marotaba beriladigan savollarga javoblar berildi.  Qanday hollarda mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi? Mehnatga layoqatsizlik varaqasi quyidagi hollarda beriladi: fuqarolarning kasalligi, shikastlanganligi, homiladorligi, tuqqanligi; oilaning betob aʼzosini parvarishlaganligi; protez qoʼydirganligi; sanatoriy-kurortda davolanganligi; sogʼligʼi holatiga koʼra boshqa ishga oʼtkazish uchun; karantin tufayli mehnatga vaqtincha layoqatsizligini tasdiqlash uchun. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi faqat davlat tibbiyot muassasalarida beriladimi? Yoʼq. Qoida tariqasida, davlat sogʼliqni saqlash tizimi davolovchi shifokorlari tomonidan beriladi. Аgar davlat tashkilotlarda oʼzlariga qarashli davolash-profilaktika muassasalari mavjud boʼlsa, ular tomonidan ham berilishi mumkin. Xususiy klinikalar ham mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berishga haqli. Bunda muassasa mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilish boʼyicha yetarli malakali xodimga ega boʼlishi shart. Oʼquvchi, talaba yoki magistrantning oʼqishga vaqtincha layoqatsizligi qanday rasmiylashtiriladi? Oʼquvchi, talaba, magistrant, klinik ordinator va katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning oʼqishga vaqtincha layoqatsizligi mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi bilan tasdiqlanadi. Bunda maʼlumotnomalar, qoida tariqasida, davlat tibbiyot muassasalari, shuningdek, davlat tashkilotlariga qarashli tibbiy muassasalarning shifokorlari tomonidan beriladi. “Tez yordam” shifokori mehnatga layoqatsizlik varaqasini berishi mumkinmi? Yoʼq. Tez tibbiy yordam xizmati tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqalari berilishiga yoʼl qoʼyilmaydi. Shuningdek, quyidagilar tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqalari berilishi taqiqlanadi: shifoxonalarning qabul boʼlimlari; sud-tibbiy ekspertiza muassasalari; pantsionat va sanatoriy-kurortlar (sil kasalliklari sanatoriyalari bundan mustasno); fizioterapiya, davolash jismoniy tarbiyasi va sport tibbiyoti ixtisosliklari boʼyicha tibbiy muassasalar. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi qancha muddatga beriladi? Аmbulatoriya sharoitida davolanishda davolovchi shifokor yakka oʼzi besh kalendar kunigacha mehnatga layoqatsizlik varaqasi berishi mumkin. Besh kalendar kunidan oshganda mehnatga layoqatsizlik varaqasining muddati davolovchi shifokor va boʼlim mudiri tomonidan har safar oʼn kalendar kundan ortiq boʼlmagan muddatga uzaytiriladi.

  • 25 Iyul, 15:06
  • Batafsil
not found

Dori vositalari qanday sinovlardan o'tkaziladi?

Dori vositalari dorixonalar va shifoxonalarning javonlaridan o`rin olishidan avval ro'yxatga olinadi. Buning uchun barcha dorilar maxsus sinovlardan o`tkazilishi lozim. Avvaliga laboratoriya muhitida tadqiqotlar o'tkaziladi. Olimlar biologik nishonni tanlab, ko'plab tajribalar o'tkazadilar. Ular tanlangan vosita qanday harakat qilishini, qanday reaktsiyalarga kirishishini aniqlaydilar va u tanadagi turli jarayonlarga qanday ta'sir qilishini taxmin qiladilar. Keyinchalik, tanlangan preparatni laboratoriya hayvonlarida sinab ko'rishga o'tadilar. Agar sichqonlar ustida olib borilgan tadqiqotlar muvaffaqiyatli bo'lsa, keyingi bosqich boshlanadi - klinik sinovlar. Ular bir necha bosqichlardan o'tadi: I bosqich - sog'lom ko'ngillilarning kichik guruhidagi tadqiqotlar. Olimlar preparatning inson organizmida qanday ishlashini, qaysi yo‘lni bosib o‘tishini va qanday nojo‘ya reaktsiyalarni keltirib chiqarishini kuzatadilar. II bosqich - bemorlarni o'rganish. Guruhda tadqiqot ishtirokchilari soni ko`payadi va ularning aksariyatida biron bir kasallik alomatlari mavjud. Ushbu bosqichda olimlar preparatning haqiqiy kasallik sharoitida qanday ta`sir ko`rsatishini kuzatadilar. III bosqich - bemorlarning katta guruhidagi tadqiqotlar. Endi olimlar dori haqiqatan ham ishlayotganini va o`tkan bosqichlardagi ta'sir tasodif emasligini isbotlashga harakat qilishadi. Agar preparat klinik sinovlarning uchinchi bosqichidan o'tsa, u ro'yxatga olinadi va bemorlarni davolash uchun ishlatiladi. Dori-darmonlarni ishlab chiqish va barcha sinovlardan o`tkazish uchun o`rtacha 10-15 yil kerak bo'ladi.

  • 25 Iyul, 12:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech