Yangiliklar

not found

SST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi

JSST dunyo mamlakatlarini 2035-yilgacha tamaki, alkogol va shirin ichimliklar narxini 50 foizga oshirishga chaqirdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) dunyoning barcha mamlakatlarini 2035-yilgacha alkogol, sigaret va shirin gazlangan ichimliklar narxini sog‘liq uchun soliqlar hisobiga kamida 50 foizga oshirishga chaqirdi. Bu haqda tashkilot bayonotida aytiladi. JSSTning fikricha, bunday chora davlatlarga budjetga muhim daromadlar olishda yordam beradi va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar (YUBK) tarqalishini to‘xtatadi. Tashabbus “3 ga 35” deb nomlandi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, tamaki, spirtli ichimliklar va shirin ichimliklarni iste’mol qilish yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, xususan yurak kasalliklari, saraton va qandli diabet epidemiyasini kuchaytirmoqda. Bu kasalliklar dunyodagi barcha o‘limlarning 75 foizdan ortig‘ini tashkil etadi. Yaqinda e’lon qilingan hisobot shuni ko‘rsatdiki, bunday mahsulotlar narxini bir marta 50 foizga oshirish keyingi 50 yil ichida 50 million erta o‘limning oldini olishi mumkin, deya ta’kidladi JSST. Tashabbusning maqsadi kelgusi 10 yil ichida 1 trillion dollarlik soliqlarni yig‘ishdir. 2012-yildan 2022-yilgacha 140 ga yaqin mamlakat tamaki mahsulotlariga soliqlarni oshirdi, natijada ularning real narxi 50 foizdan ko‘proqqa oshdi, deya qo‘shimcha qildi JSST. “Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti hukumatlarga tamakiga qarshi samarali kurashish va aholi salomatligini himoya qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun bunday imtiyozli rejimlarni qayta ko‘rib chiqishni va kelajakda ularni qo‘llamaslikni tavsiya etadi”, deyiladi hujjatda.

  • 7 Iyul, 10:30
  • Batafsil
not found

Nima uchun yozda tez-tez bosh ogʼriydi?

Quyoshli yoz faslida koʼpgina insonlarni, ayniqsa ob-havo oʼzgarishiga sezgir kiilar oʼzlarini yomon his qilishadi. Nega yoz faslida bosh ogʼrigʼi avj oladi? Vrach-nevrologning taʼkidlashicha, yozdagi bosh ogʼriqlarning bir necha sababi bor: Аsosiy sababi – koʼp yorugʼlikYarqin quyosh nuri – bosh ogʼrigʼini qoʼzgʼatuvchi asosiy omillardan biri. Miyadagi haddan tashqari sezgir neyronlar koʼz toʼr pardasi orqali kirib kelayotgan kuchli yorugʼlikni qabul qila olmaydi. Аna shu taʼsir migrenni yoki bosh ogʼrigʼini keltirib chiqaradi.Аgar inson 11:00 dan 17:00 gacha quyosh ostida koʼp vaqt oʼtkazsa, kuchli bosh ogʼrigʼi boshlanishi mumkin. Yetarli miqdorda suyuqlik ichmaslik Yozda, issiq kunlarda, har bir insonning tanaci ortiqcha terlaydi va bu orqali katta miqdorda suyuqlik yoʼqotiladi. Lekin koʼpchilik odamlar bu yoʼqotilgan suvni qayta toʼldirmaydi — mana shunda organizmda degidratatsiya (suvsizlanish) rivojlanadi. Bu esa bosh ogʼrigʼini keltirib chiqaradigan ikkinchi muhim omildir. Sovuq ovqat va ichimliklarYozda koʼpchilik issiqni yengillashtirish uchun muzdek ichimliklar yoki sovuq desertlar (morojenoe,sovuq gazli ichimliklar va h.k.) isteʼmol qiladi. Аmmo bu shoshilinch "sovutish" nafaqat tish ogʼrigʼi, balki toʼsatdan bosh ogʼrigʼiga ham olib kelishi mumkin. Nevrologning tushuntirishicha: «Sovuq ovqat va ichimliklar ogʼiz boʼshligʼidagi qon tomirlarini tezda kengaytiradi. Bu tomirlar orqali signalni troynichnыy nerv (uch shoxli asab) miyaga yetkazadi va shunda toʼsatdan bosh ogʼrigʼi paydo boʼladi. Bundan tashqari havo oqimi yoʼq joyda tanaga kislorod yetishmasligi va oʼtkir hidlar ham bosh ogʼrigʼini ketirib chiqarishi mumkin. Bosh ogʼrigʼidan qochish uchun nima qilish kerak? Asosiy qoidalar bosh ogʼrigʼini qoʼzgʼatadigan sabablardan kelib chiqadi: 1. Quyosh nurining toʼgʼridan toʼgʼri tushishidan koʼzlarni himoya qiling.Quyosh nuri koʼp boʼlsa — koʼzoynak taqing,Soat 11:00–17:00 orasida quyosh ostida koʼp yurmang,Koʼp vaqt koʼchada boʼlsangiz — soyada yurishga harakat qiling. 2. Yetarlicha suv ichingOrganizmga kerakli miqdorda suv kerak: tananing har 1 kg vazni uchun 30 ml suv,Masalan: 70 kg vaznli odam — kamida 2.1 litr suv ichishi kerak,Gazli ichimliklar, choy yoki qahva emas, faqat toza suv iching,Suvni hamisha oʼzingiz bilan olib yuring. 3. Sovuq ichimliklar va ovqatlar Аgar muzdek mahsulotlar bosh ogʼrigʼini keltirib chiqarsa, ularni ratsiondan chiqarib tashlang,Sovuq ovqatni toʼgʼridan-toʼgʼri emas, biroz isib qolganidan keyin isteʼmol qiling. 4. Xonani tez-tez shamollatingHavo aylanmaydigan xonalarda uzoq vaqt oʼtirmang,Har 1–2 soatda eshik-derazalarni ochib, shamollatishni odat qiling. 5. Oʼtkir hidlar — parfyumni kamaytiringIssiqda miya va asab tizimi hidlarga nisbatan sezgirroq boʼladi, shu bois hatto yaxshi koʼrgan parfyumigiz ham bosh ogʼrigʼini chaqirishi mumkin, hidli mahsulotlar (dezodorant, atir, antiseptik, aromatizator)dan mumkin qadar kam foydalaning. Shuningdek mutaxassis "bosh ogʼrigi kundaligi"ni yuritishni tavsiya qildi. Qachon va nimadan keyin bosh ogʼrigʼi paydo boʼlishini yozib boring, bu orqali asosiy sabablarni aniklash osonlashadi.

  • 4 Iyul, 12:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech