Yangiliklar

not found

Qanday mahsulotlar kuchli allergen hisoblanadi?

Oziq-ovqat allergiyasi mahsulotlar tarkibidagi oqsil va oqisilsimon moddalar taʼsirida vujudga keladi. Masalan, bolalarda kasallik koʼpincha onaning homiladorlik yoki emizikli davrida notoʼgʼri ovqatlanishi sababli rivojlanadi. Chaqaloq sunʼiy aralashmalar bilan oziqlantirilsa, chala tugʼilsa yoki oshqozon-ichak, oʼt, jigar kasalliklaridan aziyat cheksa ham, oziq-ovqat allergiyasi yuzaga kelishi mumkin. Qolaversa, bolalar sevib isteʼmol qiladigan sigir suti — kuchli allergiya qoʼzgʼatuvchi mahsulot. Tarkibida f2, Bos d 4, Bos d 5, Bos d 6, Bos d 8, Bos d 9, Bos d 10, Bos d 11, Bos d 12 allergenlari mavjud. Ularga 5-6 yoshgacha boʼlgan oʼgʼil-qizlarda allergiya kuzatiladi. Tovuq tuxumi ham keng tarqalgan allergenlar jumlasidan. U ovalbumin, ovomueoid, ovotransferrin va ovomutsin oqsillar guruhlarini oʼz ichiga oladi. Bu moddalar molekulyar darajada oʼrganilganda, Gal d1, Gal d2, ovomukoid, Gal d3, Gal d4 allergenlari reaktsiyalarni yuzaga keltirishi maʼlum boʼldi. Baliq — kuchli antigen. Uning goʼshtida parvaalbumin va tropomiozin oqsil guruhlari mavjud. Molekulyar darajadagi oʼrganishlar uning tarkibida Cyp c1, Gad c 1, Gad m 1 allergenlari borligini tasdiqladi. Bugʼdoy va soya ham baʼzida allergik reaktsiyalarni keltirib chiqaradi. Masalan, soya tarkibini molekulyar darajada oʼrganish natijasida uning tarkibida Gly m 1, Gly m 5, Gly m 6 allergenlari mavjudligi aniqlandi. Goʼsht mahsulotlari orasida esa parranda goʼshti boshqalariga nisbatan koʼproq antigen xususiyatga ega. Sitrus mevalar, qulupnay va yertut ham koʼproq allergiya qoʼzgʼaydi. Yongʼoqqa allergiyasi boʼlganlarning aksariyati esa ushbu meva daraxti changiga ham taʼsirchan boʼladi. Kattalarda allergiya rivojlanishiga sabab boʼluvchi oziq-ovqat mahsulotlaridan birinchisi yeryongʼoqdir. Bu mahsulot koʼp hollarda anafilaktik reaktsiyani keltirib chiqaradi. Undan soʼng turli xil yongʼoqlar, kunjut, asal, shaftoli, uzum, malina, sabzi, shokolad, kofe va kakao allergiya chiqaruvchi mahsulotlar roʼyxatidan joy olgan. Аllergiyaning asl sababi immunitetning genetik darajada buzilishi hisoblanib, u nasl suradi yoki favqulodda paydo boʼladi. Ilmira Razikova, Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori.

  • 29 Mart, 11:42
  • Batafsil
not found

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritmoqchi boʼlganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zarafshon shahar boʼlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʼtkazildi. Tezkor tadbirda “Z.Ch.” xususiy korxonasi savdo doʼkonida fuqaro M.Sh. noqonuniy darmad orttirish maqsadida 3 xil turdagi 192 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro X.А.ga 690 ming soʼmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu doʼkondan yana 22 xil turdagi jami 3 613 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Xuddi shunday, Departamentning Qarshi shahar boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda YaTT  Q.O. “Navo” MFY hududidagi  savdo doʼkonida hech qanday hujjatsiz 10 xil turdagi jami 2 200 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan. Shu kabi, Departamentning Bektemir tuman boʼlimi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda “Sharq” YPX maskanida oʼtkazilgan tezkor tadbirda “Nexia-3” rusumli avtotransport vositasi toʼxtatilib koʼzdan kechirilganda, fuqaro А.I. jami 42 dona “Tropikamid” va “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini hamda oʼtkir hidli mumsimon moddani Toshkent shahrida oʼtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.   Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

  • 29 Mart, 09:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech