Yangiliklar

not found

JSST salomatlik boʻyicha sunʼiy intellektga asoslangan virtual maslahatchini ishga tushirdi

JSST Jahon sogʻliqni saqlash kuni (7-aprel) arafasida S.A.R.A.H. — generativ sunʼiy intellektga asoslangan takomillashtirilgan empatik javob funksiyasiga ega salomatlik masalalari boʻyicha virtual maslahatchi (konsultant) prototipining ishga tushganini eʼlon qildi. S.A.R.A.H. (Smart AI Resource Assistant for Health) sunʼiy intellektga asoslangan, salomatlik masalalari boʻyicha interaktiv yordamchi degan maʼnoni anglatadi hamda yangi til modellari va eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan tibbiy-sanitariya sohasidagi maʼlumotlarning intellektual generatorlari (avatarlari) evolyutsiyasi natijasidir. Tizim har qanday kompyuter qurilma foydalanuvchisi bilan kechayu-kunduz sakkiz tilda muloqot qilish imkoniga ega boʻlib, salomatlik bilan bogʻliq qator masalalar boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etadi. Bunda sogʻlom turmush tarzi, ruhiy salomatlik yoʻnalishlari ham qamrab olingan boʻlib, foydalanuvchilarga oʻz sogʻligi va farovonligini mustahkamlashga rejali koʻmaklashib boradi. S.A.R.A.H. yordamida foydalanuvchilar butun dunyo boʻylab asosiy oʻlim sabablari, xavf omillari, jumladan, saraton, yurak-qon tomir va nafas olish tizimi kasalliklari hamda qandli diabet haqida batafsil maʼlumotglar bilan tanishishlari mumkin. Ular tamaki chekishni tashlash, faol turmush tarziga amal qilish, sogʻlom ovqatlanish, stressdan chiqish va boshqa turli mavzular boʻyicha dolzarb maʼlumotlarni olishlari mumkin. Shuningdek, tizim butun dunyoda salomatlik uchun huquqlarni targʻib qilishning yana bir vositasi boʻlib xizmat qilishi koʻzda tutilgan. “Raqamli texnologiyalar sogʻliqni saqlash sohasining kelajagini belgilab bermoqda va JSSTning ustuvor vazifalaridan biri mamlakatlarga salomatlikni asrash yoʻnalishida raqamli texnologiyalardan foydalanishda koʻmaklashishdir, — dedi JSST Bosh direktori Tedros Gebreyesus. — S.A.R.A.H. salomatlik haqida maʼlumotlar ommabopligini oshirish uchun kelajakda sunʼiy intellektdan qanday foydalanish mumkinligi haqida bizga tushuncha beradi”. S.A.R.A.H.ning yangiligi shundaki, ushbu tizim berilgan algoritm yoki ssenariydan emas, balki real vaqt rejimida javoblar mazmunini aniqroq tanlashga yordam beruvchi generativ sunʼiy intellektdan foydalanadi. Bir vaqtning oʻzida odamlarning oʻzaro muloqotini eslatuvchi rejimda koʻp sonli foydalanuvchilar bilan dinamik, individual oʻzaro aloqani amalga oshiradi. Shuningdek, u javoblarni hamdardlik va bagʻrikenglik ruhida, foydalanuvchi soʻrovining mayda jihatlarini ham inobatga olgan holda taqdim etadi. Eslatib oʻtamiz, ushbu tizimning avvalgi versiyasi “Florens” nomi bilan atalgan boʻlib, undan COVID-19 pandemiyasi davrida muhim tibbiy-sanitariya sohasiga oid maʼlumotlarni tarqatish uchun foydalanilgan.

  • 8 Aprel, 09:02
  • Batafsil
not found

2023 yilda  25,0 mlrd. soʼmlik dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berildi                                   

Bugun  Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasining 2023 yil faoliyati yakunlari” mavzusida matbuot anjumani boʼlib oʼtdi. Jurnalistlar, blogerlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan matbuot anjumanida "Dori-Darmon" АK Boshqaruv raisi oʼrinbosari Аbdugʼani Kamilov kompaniyaning 2023 yildagi faoliyati yakunlari boʼyicha muhim maʼlumotlarni taqdim etdi. Taʼkidlanganidek, farmatsevtika sogʼliqni saqlash tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biri boʼlib, ushbu sohaning rivojlanish darajasi aholining hayot sifati koʼrsatkichlariga bevosita taʼsir qiladi. Davlatimiz rahbari tomonidan ham sohani rivojlantirishga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʼllab-quvvatlash, aholini zarur dori vositalari bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratmoqda. Oʼzbekiston farmatsevtika bozorida 616 ta dori vositalarini ulgurji realizatsiyasi bilan shugʼullanish huquqiga ega tashkilotlar mavjud. Аna shunday yirik tashkilotlardan biri “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi boʼlib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohatlarda faol ishtirok etib kelmoqda.  TА`MINOT YOʼNАLISHIDА                                           “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi va uning hududiy boʼlinmalari Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimidagi va boshqa davolash-profilaktika muassasalarining asosiy taʼminotchilaridan biri hisoblanadi. Shundan, 2023 yil  davomida: —sogʼliqni saqlash vazirligiga qarashli davolash profilaktika muassasalariga  –166,2 mlrd. soʼmlik;  —boshqa davolash profilaktika muassasalariga – 63,0 mlrd. soʼmlik; —xususiy sektorga – 55,6 mlrd. soʼmlik; —harbiy davolash muassasalariga – 7,0  mlrd. soʼmlik; —QVP va QOPlarga – 78,4 mlrd. soʼmlik dori vositalari va tibbiyot buyumlari yetkazildi. Shuningdek, xabaringiz bor Kompaniyamiz tizimidagi jamiyatlarda maxsus jihozlangan avtomobillarda koʼchma dorixonalar  tashkil etilgan boʼlib,  mahalliy hokimiyatlar bilan kelishilgan jadval asosida respublikamizning chekka va dorixona mavjud boʼlmagan hududlaridagi aholiga kerakli dori vositalari va tibbiy buyumlarni yetkazib beradi. 2023 yil davomida koʼchma dorixonalarimiz orqali aholiga 3,1 mlrd.soʼmlik dori vositalari va tibbiyot buyumlari yetkazib berilgan.  DАVLАT BUYURTMАSI “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi oʼziga yuklatilgan ijtimoiy vazifalar qatorida Davlat buyurtmasini ham muntazam ravishda masʼuliyat bilan bajarib kelayotgan tashkilotlardan biri sanaladi.    Xususan, 2023 yilda 2 154 784 doza grippga qarshi vaktsinalar olib kelingan boʼlib, bu vaktsinalar Oʼzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga va boshqa tibbiyot markazlariga yetkazib berildi. Kompaniya tomonidan oʼtgan yilda 14,7 mlrd. soʼmlik Ukrainaning “Indar” xususiy aktsiyadorlik komapnyaisi  tomonidan ishlab chiqarilgan 682 465 flakon insulin kirim qilindi, shundan 5,4 mlrd. soʼmlik 272 825 flakon insulin SSVga yetkazib berildi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining (PQ-216-son, 25.04.2022y) qaroriga koʼra, 2023 yilda Kompaniya Germaniyaning “Biotest Pharma GmbH” tomonidan ishlab chiqarilgan 3 800 dona “Intratekt 50 mg/ml inf. uchun eritma 100 ml” (Odam normal immunoglobulini) xaridini amalga oshirdi va shartnoma asosida “Oʻzmedimpeks” MChJga yetkazib berildi. Umuman olganda, 2023 yil davomida qariyd 68,0 mlrd.soʼmlik ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari xarid qilindi. IMTIYOZLI АSOSDА DORI VOSITАLАRI BILАN TА`MINLАSH Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (204-son, 22.07.2013y) qaroriga asosan ambulatoriya davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlanish huquqiga ega boʼlgan 14 toifadagi shaxslarga 2023 yilda 468 120 ta retsept orqali 25,0 mlrd.soʼmlik dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berildi.  FАRMАTSEVTIKА SOHАSIGА ZАRUR АMАLIYOTLАR (GXP) TАLАBLАRINI JORIY ETISh GxP dori vositalari sifatini nazorat qilish tizimi – bu dori mahsulotlarining farmatsevtik ishlab chiqishdan pirovard isteʼmolchigacha boʼlgan dori vositalari “Hayotiy sikli”ning barcha bosqichlarini qamrab oladigan butun jahonda tan olingan model. “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi va tizimdagi “Fargʻona Dori-Darmon”, "Toshkent viloyat Dori-Darmon" hamda "Samarqand Dori-Darmon" aktsiyadorlik jamiyatlari, "Qoraqalpoq Dari-Darmak", “Oʼzbekiston dori taʼminoti" va  "Qashqadaryo Dori-Darmon", “Buxoro Dori-Darmon” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari  “Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)” sertifikatini olishiga erishildi. Bundan tashqari yaqin kunlarda “Navoiy Dori-Darmon” aktsiyadorlik jamiyati hamda “Xorazm Dori-Darmon” masʼuliyati cheklangan jamiyati ham GDP sertifikatini olishi kutilmoqda.  REIMBURSАTSIYa DАSTURI Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining (PQ-4890-son, 12.11.2020y) va (PQ-140-son, 1.05.2023y) qarorlari hamda normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tasdiqlangan Davlat dasturi ijrosi sifatida Kompaniyaga qarashli Sirdaryo viloyatidagi 40 ta va Toshkent shahridagi 10 ta dorixona va dorixona shoxobchalari reimbursatsiya  dasturiga ulandi. Shu kunlarda Olmazor va Chilonzor tumanlaridagi kompaniyaga qarashli dorixona va dorixona shoxobchalarini ham reimbursatsiya dasturiga ulash ishlari olib borilmoqda, yaqin kunlarda ishga tushirib, aholiga yanada qulaylik yaratish maqsad qilingan. 2023 yil davomida 962,6 mln. soʼmlik dori vositalari elektron retsept orqali bemorlarga bepul berilgan. MАHАLLIY VА XORIJIY ISHLАB CHIQАRUVCHILАR BILАN HАMKORLIK Kompaniya 130 dan ortiq mahalliy va chet ellik yetakchi ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Kompaniya tomonidan 2023 yilda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda mahalliy distribyuterlardan 123,0 mlrd. soʼm, xorijiy taʼminotchilardan 157,2 mlrd.soʼm miqdorida farmatsevtika mahsulotlari xarid qilingan.  TOVАR АYLАNMАSI Kompaniyaning hisobot yilida umumiy tovar aylanmasi 845,2 mlrd soʼmni, shundan ulgurji tovar aylanmasi 620,1 mlrd.soʼmni, chakana tovar aylanmasi 225,1 mlrd. soʼmni tashkil etdi. 2024 YIL UChUN MАQSАD VА VАZIFАLАR  Kompaniya belgilangan vazifalaridan kelib chiqqan holda 2024 yilda ham oʼz oldiga oʼlkan maqsadlarni qoʼygan:  - aholini sifatli dori vositalari bilan taʼminlash darajasini yanada oshirish; - aholining ayrim toifalarini imtiyozli asosda ijtimoiy ahamiyatga ega  dori vositalari va reimbursatsiya dasturi doirasida dori vositalari bilan muntazam taʼminlash; - “Elektron retsept” tizimiga ulanish ishlarini davom ettirish; - mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish; - Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimidagi va boshqa davolash-profilaktika muassasalarining muhim va zarur dori vositalarini bilan taʼminlash; - kompaniya tizimidagi barcha jamiyatlarning GDP va barcha dorixonalarimizning GPP milliy talablariga muvofiq boʼlishiga erishish; - kompaniyaning umumiy tovar aylanmasini 297,0 mlrd. soʼmga yetkazib, 9,0 mlrd. soʼm sof foydaga erishish. Kompaniya faoliyatiga oid maʼlumotlar taqdim etilgach, @Rasmiy_aloqabot orqali kelgan hamda jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga kompaniya rahbarlari va masʼullari tomonidan javob berildi. Xususan, respublikamizning chekka hududlarda istiqomat qiluvchi aholiga dori vositalarini yetkazib berish, koʼchma dorixonalarni tashkil etish, reimbursatsiya dasturi, ijtimoiy ahamiyatga ega dorilarni sotish huquqi, kadrlar masalalari jurnalistlar eʼtiborida boʼldi. Matbuot anjumani “Oʼzbekiston” va “Oʼzreport” telekanallari, shuningdek АOKА hamda kompaniyaning feysbuk ijtimoiy tarmogʼidagi kanallari orqali toʼgʼridan-toʼgʼri efirga uzatildi    

  • 5 Aprel, 15:51
  • Batafsil
not found

Mart oyida 980 oʻram qalbakilashtirilgan farmatsevtika mahsulotlari aniqlandi

Yurtimizda muntazam ravishda, sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalari aylanmasiga qarshi kurashish maqsadida har oyda bir qator tezkor tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning fevral oyida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga tezkor tadbirlarda olingan farmatsevtika mahsulotlarini ekpertizadan oʻtkazish boʻyicha 166 ta murojaat kelib tushgan. Taqdim qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlar oʻrnatilgan tartibda laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazilganda tahlillar natijalariga koʻra, noqonuniy muomalada boʻlgan: ➖ 7173 oʻram - davlat roʻyxatidan oʻtgan va muvofiqlik sertifikati mavjud;➖ 10664 oʻram - davlat roʻyxatidan oʻtmagan va muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlmagan;➖ 16 oʻram - yorliqlash koʻrsatkichi boʻyicha nomuvofiq (kontrafakt);➖ 800  oʻram - yaroqlilik muddati tugagan (sifatsiz);➖ 980 oʻram – qalbakilashtirilgan, umumiy 19633 oʻram farmatsevtika mahsulotlarining tibbiyot amaliyotida qoʻllash mumkin emasligi yuzasidan xulosa berildi. Hamda ushbu sifatsiz, qalbakilashtirilgan va O’zbekiston Respublikasiga noqonuniy kirib kelgan farmatsevtika mahsulotlari aylanmasining oldi olindi.

  • 5 Aprel, 08:54
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech