News

not found

Dori-Darmon aktsiyadorlik kompaniyasi faoliyati tahlili" mavzusida matbuot anjumani boʼlib oʼtdi

Bugun Milliy matbuot markazida “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasining faoliyat tahlili” mavzusida matbuot anjumani oʼtkazildi. Dastlab kompaniya Boshqaruv raisi oʼrinbosari Аbdugʼani Kamilov kompaniya faoliyatiga oid muhim yangiliklar haqida maʼlumot berdi. Joriy yilning 9 oyi davomida “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi tizimi boʼyicha umumiy tovar aylanmasi 543,9 mlrd. soʼmni, shundan ulgurji tovar aylanmasi 357,6 mlrd. soʼmni, chakana savdo aylanmasi 186,3 mlrd. soʼmni tashkil etdi.   “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi Davlat buyurtmasi asosida 2020 yilda 1 300 000 doza, 2021 yilda 3 668 000 doza, joriy yilda 2 347 000   doza grippga qarshi vaktsinalar olib kelingan boʼlib,  bu vaktsinalar bolalar, oʼqituvchilar hamda shifokorlar bepul emlanishi uchun Oʼzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga yetkazib berildi. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 22 iyuldagi  “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 204-son Qarori bilan ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlanish huquqiga ega boʼlgan shaxslarning 13 toifasiga kiruvchi bemorlarga Kompaniya tizimidagi dorixonalar orqali 2021 yilda  22,9 mlrd.soʼmlik  dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berilgan boʼlsa, 2022 yilning 9 oyi davomida mazkur koʼrsatkich 20,3 mlrd. soʼmni tashkil qildi. Davlat dasturi va Prezidentimizning 2020 yil 12 noyabrda qabul qilingan “Sogʼliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Sirdaryo Dori-Darmon” MChJga qarashli 11 ta dorixona va dorixona shoxobchalari reimbursatsiya dasturiga ulandi.  Bu dastur bemorga oilaviy shifokor yozgan elektron retsept asosida dorixonadan dori vositalarini bepul olish imkonini beradi. Reimbursatsiya tizimi doirasida arterial gipertoniya, yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning ikkinchi turi, bronxial astma, oʼpkaning surunkali obstruktiv kasalliklarini ambulator sharoitda davolashda qabul qilinadigan 11 turdagi dori vositalari uchun dorixonalar xarajatlari Davlat tibbiy sugʼurtasi tomonidan qoplanadi. Vazirlar Mahkamasining joriy yil 2 apreldagi “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq, dori vositalari  va tibbiy buyumlarni guruhlarga boʼlinishini nazarga tutgan holda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimi 2022-2025 yillar davomida bosqichma-bosqich joriy qilinishi belgilangan. Yurtimizda joriy yilning sentyabrь oyida birinchi guruhga kiruvchi ikkilamchi (tashqi) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalarini, 1 noyabrdan ikkinchi guruhga kiruvchi birlamchi (ichki) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari va dorivor angro-mahsulotlarini markirovkalash boshlangan. Kompaniyamizda ham bu jarayon boshlangan. “Asl Belgisi” tovarlarni raqamli markalash va kuzatish milliy tizimiga ulanish uchun shartnoma tuzildi. Data matrix kodlarni oʼqish uchun moʼljallangan skanerlar sotib olindi — bu tovarlar harakatining barcha bosqichlarida – omborxonaga kelganidan boshlab dorixonalarda chakana savdoga chiqarilgan dori vositalarning Data matrix oʼqish uchun moʼljallangan qurilma hisoblanadi. Xabaringiz bor, mahalliy farmatsevtikaga GXP – zarur amaliyotlar talablari joriy etib borilmoqda.  GxP dori vositalari sifatini nazorat qilish tizimi – bu dori mahsulotlarining farmatsevtik ishlab chiqishdan pirovard isteʼmolchigacha boʼlgan dori vositalari “hayotiy sikli”ning barcha bosqichlarini qamrab oladigan butun jahonda tan olingan model. Farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʼullanuvchi mahalliy korxonalar GDP – “Zarur distribьyutorlik amaliyoti” talablariga javob berishi lozim. Bu sertifikat “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasiga davlat xarid tanlovlarida ishtirok etishni, shuningdek, kompaniyaning distribьyutorlikning barcha bosqichlarida dori vositalarini sifatli olib kelish, saqlash, yetkazib berishdagi faoliyati ishonchli, samarali ekanligini kafolatlaydi. Hozirgi kunda “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi va tizimdagi “Fargʼona Dori-Darmon” aktsiyadorlik jamiyati GDP sertifikatini oldi, tizimdagi boshqa jamiyatlarda ham GDP sertifikatini olish boʼyicha ishlar olib borilmoqda. Аsosiy maʼlumotlar taqdim etilganidan soʼng, jurnalistlar oʼzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Xususan, jurnalist Oʼljaboy Qarshiboev: “Kompaniyaning davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni qanday kechayapti va aktsiyalar sotilgandan keyin kompaniyaning faoliyatida nima oʼzgarishlar boʼlishi mumkin?” - degan savol bilan murojaat qildi. Ushbu savolga kompaniyaning Rivojlantirish va investitsiya direktori Bahodir Masharipov javob berib jumladan, shunday dedi: –  Haqiqatan ham  “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi oʼz faoliyatining eng muhim pallasida turibdi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan  kompaniyaning davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni boshlangan.Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 avgustdagi “Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar aktsiyalarini fond birjasida birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish toʼgʼrisida”gi 446-sonli qaroriga muvofiq, “Dori-Darmon” АK ustav kapitalidagi kompaniya depo hisobvaragʼida joylashtirilmagan 34,9 foiz va davlatga tegishli 16,1 foiz aktsiyalar paketi yaxlit holda 51 foiz miqdorida bitta lot sifatida savdoga chiqarilgan.Bugungi kunda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan jalb etilgan “Portfolio Investments va Gemstone Capital” konsortsiumi (professional konsultant) hamda xalqaro nufuzga ega “Price water house coopers (PwC)” professional baholovchi kompaniyalari bilan birgalikda investorlarga kompaniya faoliyati toʼgʼrisida maʼlumotlarni tayyorlash va kompaniyaning 51 foiz aktsiyalar paketini baholash uchun zarur boʼladigan hujjatlarni toʼplash va ularni tahlil qilish ishlari olib borilmoqda. Аlbatta, aktsiyalar sotilgandan keyin kompaniya faoliyatida yanada rivojlanish kutilmoqda, bundan tashqari “Аktsiyadorlik jamiyati toʼgʼrisida”gi qonunga koʼra oʼzgarishlar boʼlishi ham mumkin. Effekt.uz muxbirining viloyatlarga dori vositalarini yetkazib berish holati haqidagi savoliga Tijorat boʼyicha direktori Nurali Husanov javob berib, viloyatlardagi jamiyatlarga dori vositalarini yetkazishda muammolar yoʼqligi, viloyatlarning eng chekka hududlarida istiqomat qiluvchi aholining sifatli dori vositalariga boʼlgan talabini qondirish maqsadida  ijtimoiy dorixonalar, koʼchma dorixonalar tashkil etilganligini taʼkidladi. Matbuot anjumani qizgʼin savol-javoblar asosida oʼtdi.

  • 29 November, 14:54
  • Read more
not found

Kompaniyaning joriy yil 9 oylik yakunlari tahlil qilindi

“Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibidagi korxonalar rahbarlari ishtirokida 2022 yil 9 oylik yakunlariga bagʼishlangan navbatdagi kengaytirilgan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Yigʼilish avvalida kompaniyaning bosh hisobchisi I.Аbdusalomov kompaniya hamda uning tarkibidagi aktsiyadorlik va masʼuliyati cheklangan jamiyatlarda 2021 yil 9 oy yakuni boʼyicha tasdiqlangan biznes reja koʼrsatkichlarining bajarilishi haqida taqdimot qildi. Maʼlumotlarga koʼra, “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi tizimi boʼyicha umumiy tovar aylanmasi 543,9 mlrd. soʼmni, shundan ulgurji tovar aylanmasi 357,6 mlrd. soʼmni, chakana savdo aylanmasi 186,3 mlrd. soʼmni tashkil etdi. Hisobot davrida kompaniyaning umumiy daromadi 135,2 mlrd. soʼm, sof foyda 11,1 mlrd.soʼm boʼlganligi qayd etildi. Yigʼilish davomida kompaniya Boshqaruv raisi U.Salixbaeva Vazirlar Mahkamasining «Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʼgʼrisida»gi qarori ijrosi bilan qiziqdi. Yurtimizda bosqichma-bosqich joriy etilayotgan, dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimiga masʼuliyat bilan yondoshish kerakligini taʼkidladi. Markirovka tizimi mahsulotlarning haqiqiy yoki kontrafakt ekanini tekshirish uchun, shuningdek, ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsuloti harakatini kuzatishi uchun kerak boʼladi. Markirovkalash doirasida mahsulot qadogʼiga qoʼyilgan DataMatrix kod mobil ilova orqali skanerlanishi mumkin. Xaridor shu orqali oʼzini qiziqtirgan mahsulot haqidagi barcha maʼlumotlarni olishi, uning haqiqiyligini tekshirishi mumkin boʼladi. Shuningdek, tizimdagi jamiyatlar tomonidan “Zarur distribьyutorlik amaliyoti(GDP)” sertifatini olish uchun amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi va zarur tavsiyalar berildi. Bugungi kunda “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi oʼz faoliyatining eng muhim pallasida turibdi, chunki Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 avgustdagi 446-sonli qarori bilan “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi ustav kapitalidagi nazorat paketi, yaʼni 51 foiz aktsiyalar xususiylashtirilmoqda. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Davlat tender komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, xalqaro nufuzga ega professional baholovchi tashkilot “PwC” kompaniyaning 51 foiz aktsiyalar paketini baholash jarayonlarini amalga oshirishga jalb qilgan. Yigʼilishda “PwC” vakillari ishtirok etib, baholash masalasining dolzarbligi, shuningdek kompaniyaning joylashtirilmagan aktsiyalarini yil oxiriga qadar realizatsiya qilinishi belgilanligini hamda aktsiyalarni baholash jarayoni oʼrtacha 3-4 xafta davom etishi va aktsiyalar paketining bozor narxini aniqlashda kompaniya va jamiyatlar tomonidan taqdim etilishi zarur boʼlgan maʼlumotlar haqida axborot berdi. Yigʼilish davomida “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasining hududiy boʼlinmalari yillik faoliyati ham har tomonlama tahlil qilingan holda oʼrganib chiqildi, yoʼl qoʼyilayotgan kamchiliklar tanqid qilinib, kerakli tavsiyalar berildi. Kompaniya tizimidagi ijtimoiy dorixonalar faoliyatini rivojlantirish, savdo hajmini oshirish, zarur dori vositalari assortimentini koʼpaytirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Hududiy boshqarmalarning takliflari oʼrganildi.

  • 14 November, 12:12
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech