News

not found

Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish markazi tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining 14 apreldagi [181-son] qarori bilan Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish markazi tashkil etildi. SSV huzuridagi Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi markaz muassisi hisoblanadi. Markaz Zangiota tumanidagi «Tashkent Pharma Park» farmatsevtika klasteri hududida joylashtiriladi. Unda qurilish, tibbiy texnika, klinik va laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash ishlari Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligining Farmatsevtika tarmogʼini qoʼllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʼarmasi mablagʼlari, «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish loyihasi doirasida Koreya Eksimbanki (EDCF) jamgʼarmasi kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi. Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - dori vositalari klinik tadqiqotlarini xalqaro etik va ilmiy standartlar talablariga muvofiq tashkil etish;- respublika hududida klinik tadqiqotlarni rivojlantirish hamda klinik bazalarni jahon standartlari asosida modernizatsiya qilishni muvofiqlashtirish;- «Zarur klinik amaliyot (GCP)» talablariga muvofiq dori vositalarinining klinik tadqiqotlarini oʼtkazishni tashkil etish;- jenerik dorilarning original dorilarga farmokologik bioekvivalentligini aniqlash;- klinik tadqiqot subʼektida dori vositalarining farmakokinetik tadqiqotlarini oʼtkazish;- tibbiyot xodimlarining klinik tadqiqotlari oʼtkazish sohasida malakasini oshirish;- «Zarur klinik amaliyot (GCP)» yoʼnalishida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. Markaz pullik xizmatlar koʼrsatadi, qolaversa, xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar va donor mamlakatlar mablagʼlarini jalb qiladi.

  • 28 April, 10:14
  • Read more
not found

Spinal mushak atrofiyasi diagnoziga ega oilalarning yagona milliy registri shakllantiriladi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining "Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʼyilgan bemor bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʼrsatish va dori vositalarini bepul yetkazib berish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi qarori eʼlon qilindi. Hujjat bilan shunday tartib oʼrnatildiki, unga muvofiq: - spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʼyilgan bemor bolalar davlat tomonidan tibbiy-ijtimoiy yordam doirasida patogenetik dorilar, tibbiy va ortopediya moslamalari hamda reabilitatsiya texnik vositalari bilan kafolatli taʼminlanadi;- spinal mushak atrofiyasi kasalligi boʼyicha xavf guruhidagi homilador ayollar Respublika «Ona va bola skrining» markazi hamda uning Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy markazlarida, shuningdek, ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshida tashkil etilayotgan zamonaviy molekulyar-genetik Milliy referens laboratoriyasi va uning hududiy filiallarida dastlabki hamda kelgusida uni davolash strategiyasini belgilash maqsadida bepul diagnostikadan oʼtkaziladi. Bunda, homilador ayollar yashash joyi boʼyicha koʼp tarmoqli markaziy poliklinikalar tarkibidagi «Аyollar maslahatxonasi boʼlimi» yoʼllanmalari asosida yuboriladi. 2022 yil 1 iyuldan boshlab spinal mushak atrofiyasi klinik diagnoziga ega boʼlgan oilalarning Yagona milliy registri yuritilib, oilalarning klinik va molekulyar-genetik diagnostikasidan kelib chiqib shakllantirib boriladi va Yagona milliy registr Respublika «Ona va bola skrining» markazi hamda uning Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy markazlarida oʼzaro elektron maʼlumot almashinuvi asosida yuritiladi. 2023 yil 1 iyuldan boshlab nikohlanuvchi shaxslar oʼz hisobidan Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi hamda uning Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy markazlariga tashrif buyurish orqali Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining laboratoriyasida molekulyar-genetik testdan oʼtkaziladi. Bunda, spinal mushak atrofiyasining gen tashuvchiligi tasdiqlangan nikohlanuvchi shaxslarning maʼlumotlari Yagona milliy registrga kiritib boriladi. Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʼyilgan bemor bolalarning patogenetik terapiyasi uchun zarur dori vositalarining xaridi Davlat byudjeti hamda Onkogematologik va davolash qiyin boʼlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʼlomlashtirishga koʼmaklashish jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan amalga oshiriladi. 2022 yil 1 maydan boshlab spinal mushak atrofiyasi kasalligi tashxisi tasdiqlangan bemor bolalar uchun: U.K. Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida respirator qoʼllab-quvvatlash talab etilmagan davolanuvchi bolalarning reabilitatsiyasi uchun mavjud oʼrinlar soni doirasida 10 ta statsionar oʼrin;Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolalar koʼp tarmoqli tibbiyot markazlarida mulьtidistsiplinar (nevrolog, pediatr, reanimatolog, pulьmonolog, ortoped, xirurg) tekshiruv va davolash (operativ kontrakturalar va suyak deformatsiyalarini toʼgʼrilash) jarayoni tashkil etiladi.

  • 25 April, 10:44
  • Read more
not found

Dorilarni shifokor retsepti asosida berilishini yoʼlga qoʼyish hamda dorilar reklamasini cheklash lozim-Deputat taklifi

Reklama bugun kundalik hayotimizning ajralmas bir boʼlagiga aylanib ulgurdiki, koʼcha-koʼyda, jamoat transportida, oila davrasida televizor koʼrib oʼtirganda ham, albatta, qandaydir dori vositalari, biologik faol qoʼshimchalar va xalq tabobati yoʼli bilan davolash haqidagi reklamalarga koʼzimiz tushadi.Bunday reklamalar nafaqat televizor, radio, matbuotda, balki ijtimoiy tarmoqlarda ham bizni taʼqib etadi. Toʼgʼri, televideniening asosiy daromad manbai reklama ekanini ham tushunish mumkin. Lekin odamning hafsalasini pir qiladigan holatlar koʼp uchrab turadi. Shu bois, koʼp sonli fuqarolarning eʼtirozlaridan keyin aynan televideniedagi reklamalarni kuzatib, biroz tahlil qilsak. Oʼrganishlar davomida OАVlarda berilayotgan reklamalarning 50 foizdan ortigʼi aynan dori vositasi, biologik faol qoʼshimcha yoki biror bir xalq tabobatiga oid ekanligi maʼlum boʼldi. Reklamalar goʼyo birgina dori vositasi yoki biologik faol qoʼshimcha insonda ogʼriqlarni, asab tarangliklarini va oʼnlab dardlarni davolar ekan-da, degan tasavvur uygʼotadi. Reklama beruvchilar ham anoyi emas, ular foydalanayotgan soʼzlarni ham tahlil qilib koʼrdik. Dori vositalari yoki biologik faol qoʼshimchalar reklamasida koʼplab dardlarni sanab oʼtib, oxirida shu kasalliklarni davolashda yordam beradi, deyishadi. Xalq tabobatida esa bizga kelsangiz, oʼzingizni yengil his qilasiz, deyiladi. Lekin isteʼmolchi dori vositasi, biologik faol qoʼshimcha yoki xalq tabobati bilan bogʼliq reklama beruvchiga mana men shularni isteʼmol qildim yoki davolash protseduralarini oʼtkazdinglar, dardimga shifo boʼlmadi-ku, deya eʼtiroz bildirsa, ularni javobgarlikka tortib boʼlmaydi. Chunki reklamada faqatgina “davolashda yordam beradi”, “oʼzingizni yengil his qilasiz” degan vaʼda berilgan. Eʼtibor bersangiz, birorta reklamada aniq bir dardni davolaymiz, “mana shu dori vositasi shu dardga shifo boʼladi”, “siz shu kasallikdan tuzalasiz”, degan soʼz ishlatilmaydi, bunday vaʼda berilmaydi. Xoʼsh, ushbu vaziyatga qanday yechim topish mumkin? Oʼzbekiston taraqqiyatini yangi bosqichida aholi salomatligini mustahkamlash masalasi davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlaridan biri sifatida koʼrilayotganini bugun hayotning oʼzi tasdiqlab turibdi. Bu masalaga shaxsan davlatimiz rahbari alohida eʼtibor qaratmoqda. Xususan, mart oyi oxirida bu borada videselektor oʼtkazib, qator vazifalarni belgilab berdi. Bugun hukumat tomonidan aholi salomatligini yaxshilash borasida berilgan topshiriqlar asosida juda katta tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Аlbatta, bu jarayonda dori vositalari, biologik faol qoʼshimchalar va xalq tabobati bilan bogʼliq reklamalar masalasi ham eʼtibordan chetda qolmasligi kerak. Shu maʼnoda “Аdolat” SDP fraktsiyasi mahsulotlarni sertifikatlash jarayoni, koʼrsatiladigan xalq tabobati bilan bogʼliq xizmatlarni litsenziyalash masalalarini parlament soʼrovi darajasiga olib chiqish kerak, deb hisoblaydi. Bir soʼz bilan aytganda, salomatlikni hech qanday moddiy boylik va mablagʼ evaziga sotib olib boʼlmaydi. Mustahkam salomatlikka ega insongina oʼzini baxtli his qiladi. Shu nuqtai nazardan, fraktsiya dorilarning shifokor retsepti asosida berilishini yoʼlga qoʼyish hamda dorilar reklamasini cheklash lozim, deb hisoblaydi.   Shuhrat POLVONOV,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korruptsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʼmitasi raisi oʼrinbosari

  • 21 April, 09:56
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech