Yangiliklar

not found

Tabobat: Zarcho‘va xotirani yaxshilashga yordam beradi

Zarcho‘va qo‘shilgan taomni har kuni iste’mol qilish sog‘lom insonda xotirani yaxshilash va aqliy zaiflik alomatlari bilan kurashishga yordam berar ekan. Bu haqda Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti olimlari ma’lum qilishdi.Kaliforniya universiteti olimlari ziravorining  foydali xususiyatlarini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazishdi. Unda 50 dan 90 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar ishtirokchida bu jarayon o‘rganildi. Parishonxotirlik va xotiraning yomonlashganidan shikoyat qilgan ishtirokchilar o‘n sakkiz oy mobaynida dori o‘rnida platsebo yoki 90 milligramm kurkuminni (zarcho‘va ildizidan olinadigan modda) kuniga ikki mahaldan qabul qilgan.Tekshiruv va diqqatni aniqlashtiruvchi test natijalariga ko‘ra, ularning e’tibor jamlashi 28 foizga yaxshilangan. Xushbo‘y ziravor ular kayfiyatiga ijobiy ta’sir etgan. Ammo bunda ziravorning noxush asorati ham aniqlandi. Kurkumin moddasini qabul qilgan to‘rt kishi qorindagi og‘riq va ko‘ngil aynishidan shikoyat qilgan.Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino bu ziravor borasida shunday yozib qoldirgan: tabiati: “ikkinchi darajaga yaqin issiq va quruq. Xossalari: unda kuchli tozalash xususiyati bor. Uni chaynash tish og‘rig‘iga foyda qiladi. Zarcho‘vaning shirasi ko‘zni o‘tkirlatishga, qorachig‘idagi katarakta va oqni ketkazishga juda foyda qiladi. Tiqilmalardan kelgan sariqqa, ayniqsa uni arpabodiyon bilan ichilsa, foyda qiladi”.Zarcho‘va qon aylanish tizimini yaxshilash, qandli diabet, bo‘g‘im og‘rig‘i, oshqozon-ichak, shamollash kabi kasalliklarni davolashda juda foydali. Chunki zarcho‘vaning ildizi bu kuchli oksidant, kurkumin deb ataluvchi sariq rangli pigment, shuningdek, kalsiy, temir, yod, fosfor, kalsiyC va V gruppasiga kiruvchi vitaminlar, efir moyi va boshqa moddalarga boy.

  • 31 Avgust, 09:32
  • Batafsil
not found

Tungi smenada ishlash xotira yoʼqolishi xavfini oshiradi – tadqiqot

Kanadalik olimlar oʼtkazgan tadqiqotga koʼra, tunda ishlash oʼrta yosh va undan keyingi davrda xotira yoʼqolishi xavfiga sabab boʼlishi mumkin. Bu toifadagi odamlarda kognitiv buzilishlar 79 foizgacha yuqori boʼladi. York universiteti olimlari oʼtkazgan tadqiqotda smenada ishlash va kognitiv funktsiya buzilishi oʼrtasida bogʼliqlik borligi aniqlandi. Bunda 47,8 ming kishining maʼlumotlari va ularning ish joylari haqida maʼlumotlar oʼrganilgan. Ishtirokchilardan kognitiv funktsiyaga oid testlar olingan. Mutaxassislarga koʼra, smenali ish sabab kishilarning uyqu ritmi buzilishi oʼrta yoshga borib kognitiv holatga taʼsir qiladi. Inson tanasidagi har bir hujayra sirkadiyalik soati boʼyicha (organizmning 24 soat boʼyicha tabiiy harakati) harakatlanadi. Bunda harakat quyosh sikli boʼyicha boshlanadi. Quyosh nurining haddan ortiq koʼpligi yoki kamligi bu ritmning buzilishiga sabab boʼlishi mumkin. Tungi smenada ishlovchilarning asosiy muammosi ham shu. Insonning sirkadiyalik soati juda koʼp muhim tana vazifalari uchun budilьnik vazifasini bajaradi. Bular: uyqu sikli, gormonal harakat, tana harorati, ovqatlanish va hazm qilish kabilar. Har bir inson tungi vaqtda kamida 7 soat uxlashi kerak. Lekin statistikaga koʼra, amerikaliklarning deyarli yarmi meʼyor darajasida uxlamaydi. Tungi uyquning buzilishi va sirkadiyalik ritmiga amal qilmaslik boshqa xronologik kasalliklar, shuningdek, semizlikka ham sabab boʼlishi mumkin. 

  • 29 Avgust, 19:53
  • Batafsil
not found

Saratonga qarshi yangi dori miya shishi boʻlgan bolalarning umrini ikki baravar oshiradi

Michigan jamoat salomatligi universiteti va Chad Karr bolalar miya shishi markazi olimlari saratonga qarshi yangi ONC201 preparati agressiv miya shishi boʻlgan bolalarning omon qolish darajasini deyarli ikki baravar oshirishi mumkinligini aniqladilar. Ularning ilmiy ishlari Cancer Discovery (CD) jurnalida chop etilgan. Preparat H3 K27M mutatsiyasiga ega diffuz median gliomali bolalarda sinovdan oʻtkazildi. 71 bemor ikkita klinik sinovda ishtirok etdi. Bemorlarning deyarli uchdan bir qismi 2 yildan koʻproq umr koʻrdi, ularning qolgan umri 11-15 oy ekanligi aytilgandi.  Koʻpincha diffuz oʻrta chiziqli gliomalar bolalar va yoshlarda uchraydi. Kimyoviy usul bilan davolash  yagona davolash usulidir, lekin u har doim ham samarali emas, chunki u miyaning muhim funksiyalari boʻlgan hududlariga zarar etkazishi mumkin.   Olimlarning taʼkidlashicha, ONC201 preparati oʻsimta hujayralariga kirib, ularning mitoxondriyalariga, hujayra energiyasini ishlab chiqarish uchun masʼul boʻlgan tuzilmalarga taʼsir koʻrsatdi.  Natija: Bemorlarda saraton hujayralari tomonidan ajratilgan L-2HG miqdori koʻpaygan, bu ularning boʻlinishini sekinlashtirgan. Boshqacha qilib aytganda, preparat aslida H3K27M mutatsiyasining taʼsiriga qarshi chiqdi.  “Bu davolash nihoyatda qiyin oʻsimta. Bu oʻsimtani davolash uchun 250 dan ortiq klinik sinovlar oʻtkazilgan, ammo natijalarni yaxshilay olmagan ", deydi tibbiyot fanlari doktori, bolalar neyro-onkologiyasi dotsenti va Chad Carr bolalar miya shishi markazining klinik ilmiy direktori Karl Koshmann. 

  • 29 Avgust, 09:24
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech