Yangiliklar

not found

Turkiy davlatlar sogʼliqni saqlash vazirlari Samarqandda

Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sogʼliqni saqlash vazirlari yigʼilishi va Turkiy dunyo tibbiyot kongressi boʼlib oʼtmoqda. Unda tashkilotga aʼzo sogʼliqni saqlash vazirlaridan tashqari Tatariston sogʼliqni saqlash vaziri ham ishtirok etmoqda. Kongress ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Quvonchbek Omuraliev, Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash vaziri А. Inoyatov soʼzga chiqib, mehmonlarni qutladi. Tadbirdan koʼzlangan maqsad turkiy xalqlar tabobatining noyob merosi, boy tajribasi va tarixiy anʼanalarini oʼrganish barobarida, zamonaviy va innovatsion tibbiyot yutuqlaridan birgalikda foydalanish hamda ularni keng ommalashtirishdir. Tadbir davomida nufuzli mehmonlar “Oʼzbekiston Respublikasi sogʼliqni saqlash aʼlochisi” koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi. Tadbirning tantanali qismidan soʼng galdagi nufuzli tadbir Oʼzbekiston — Turkiya tibbiyot forumi boʼldi. Tadbirda har ikki mamlakat sogʼliqni saqlash vazirlari, tizim masʼullari, tibbiyot oliy oʼquv yurtlari, yetakchi davolash-profilaktika muassasalari, xususiy klinikalar, farmatsevtika kompaniyalari rahbarlari, soha olimlari, qolaversa hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Forum yakunida ikki davlat tibbiyot muassasalari, sohaga ixtisoslashgan oliy oʼquv yurtlari va ularning klinikalari, xususiy sektor korxonalari va farmatsevtsika kompaniyalari oʼrtasida oʼzaro manfaatli kelishuvlarga erishilib, memorandum hamda hamkorlik shartnomalari imzolandi. Xalqaro tadbir doirasida tibbiyot koʼrgazmasi ham tashkil etildi. Unda ishtirokchi mamlakatlar sogʼliqni saqlash vazirlari zamonaviy tibbiy texnologiyalar va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar vakillari bilan muloqot qildi. Kunning ikkinchi yarmida Oʼzbekiston — Turkiya tibbiyot forumi doirasida ikki tomonlama B2B formatdagi muzokaralar boʼlib oʼtdi. Oʼz navbatida, sogʼliqni saqlash vazirlarining uchrashuvi ham boʼlib oʼtdi. Xalqaro tadbir bugun ham oʼz ishini davom ettiradi

  • 17 Avgust, 08:56
  • Batafsil
not found

Dori vositasiga allergiyasi boʼlgan bemorlarning deyarli uchdan bir qismi ularni qoʼzgʼatuvchisini aniqlashga harakat qilmaydi

Bu raqamlar Ogayo shtati universiteti (АQSh) qoshidagi Veksner tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan chop etilgan. Mutaxassislar dori allergiyasi uchun sinovdan oʼtgan 261 nafar katta yoshli insonlarni (77% ayollar) tahlillarini baholadi. Ushbu insonlarda 0 dan doshlab 10 dan ortiq holatlarda dori allergiyasi kuzatilgan. Shu bilan birga, ishtirokchilarning 75,5 foizida bir marta allergiya holatlari yuzaga kelgan. Yuqori sezuvchanlikning eng keng tarqalgan sababi : -antibiotiklar (55,3%), ular orasida penitsillin yetakchi (32%),-keyin vaktsinalar (14,6%)-va steroid boʼlmagan yalligʼlanishga qarshi dorilar (6,6%). 166 bemorda (63,6%) dastlabki konsulьtatsiya toʼgʼridan-toʼgʼri ikki bosqichli ogʼzaki sinovdan soʼng teri testi kabi qoʼshimcha tasdiqlovchi diagnostikadan oʼtish tavsiyasi bilan yakunlangan. Bemorlarning 17,6 foizida dori allergiyasi tashxisi yon taʼsir yoki murosasizlik sifatida tasniflangan , 14,2% allergiya rivojlanish ehtimoli tufayli preparatni qabul qilmaslik haqida koʼrsatma berilgan, 2% gospitaliziya uchun kasalxonaga yotqizilgan. Dori allergiyasi aniqlangan bemorlarning aksariyatiga qoʼshimcha tekshiruvdan oʼtish tavsiya etilganiga qaramay, ularning deyarli uchdan bir qismi shifokorlar tavsiyasiga amal qilmagan. Keyingi tekshirish uchun klinikaga qaytish tavsiya etilgan 54 nafar (32,5%) bemor tashxisni yakunlamagan, ulardan 35 nafari (65 foizi) boshqa shifokor qabuliga yozilmagan. Mualliflarning fikriga koʼra, dori allergiyasining notoʼgʼri tashxisi sogʼliqni saqlash xarajatlarining oshishiga, shuningdek, dorini notoʼgʼri tanlash tufayli nojoʼya taʼsirlarning koʼpayishiga olib kelishi mumkin. “Аniq yechimlardan biri bu sinovni dori allergiyasi kuzatilgan dastlabki kunda oʼtkazishdir”, deb xulosa qilishdi tadqiqotchilar.

  • 16 Avgust, 14:45
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech