Yangiliklar

not found

Oʻzbekiston-Ozarbayjon forumida farmatsevtika yo‘nalishida muhim kelishuvlarga erishildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Ozarbayjonga davlat tashrifi arafasida Boku shahrida ikki mamlakatning 250 dan ortiq yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida biznes-forum boʻlib oʻtdi. Forumda energetika, metallurgiya, shaharsozlik, farmatsevtika, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, shuningdek, neft va gaz sanoati hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida belgilandi. Oʻzbekiston-Ozarbayjon investitsiyaviy kompaniyasi koʻmagida metall buyumlar, farmatsevtika mahsulotlari, maishiy texnika va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxonalar tashkil etish boʻyicha aniq takliflar bildirildi. 2022-yilda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 2,5 million dollarlik farmatsevtika mahsulotlari Ozarbayjonga eksport qilingan bo‘lsa, 2023-yilning birinchi yarim yilligida bu ko‘rsatkich 128 foizga oshgan. 2024-yilda eksport hajmini 4 million dollarga yetkazish kutilmoqda. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (O‘zbekiston) va Eksport va investitsiyalarni rag‘batlantirish agentligi (Ozarbayjon) bilan farmatsevtika sohasida investitsion loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolandi. O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof qilindi. Shu maqsadda, Ozarbayjon Eksport va investitsiyalarni rag‘batlantirish agentligi - AZPROMO ikki davlat tadbirkorlarini jalb qilgan holda Ozarbayjonda insulin, antibiotiklar, yuqori texnologiyali tibbiy texnika ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish takliflari bildirildi. O‘zbekiston-Ozarbayjon biznes-forumi ikki davlat o‘rtasida manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Sheriklikni mustahkamlash yo‘lidagi ushbu tashabbus va natijalar shubhasiz, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida farmatsevtika  sohasini rivojlantirishda muhim omil bo‘ladi.  

  • 24 Avgust, 08:55
  • Batafsil
not found

"Qashqadaryo Dori-Darmon" МЧЖ GDP сертификатини олди

Kuni kecha boʻlib oʻtgan matbuot  anjumanimizda “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi va tizimdagi “Fargʻona Dori-Darmon”, "Toshkent viloyat Dori-Darmon" hamda "Samarqand Dori-Darmon" aksiyadorlik jamiyatlari, "Qoraqalpoq Dari-Darmak", “Oʻzbekiston dori taʼminoti"  masʼuliyati cheklangan jamiyatlari “Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)” sertifikatini olganligi haqida maʼlumot bergan edik. Bugun ularning safi bittaga koʻpaydi "Qashqadaryo Dori-Darmon"masʼuliyati cheklangan jamiyati ham GDP  sertifikatini oldi. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentyabrdagi 788-son qarorida mahalliy farmatsevtikaga GxP zarur amaliyotlar talablarini joriy etish nazarda tutilgan. barcha mahalliy va xorijiy dori vositalari ishlab chiqaruvchilar Zarur ishlab chiqarish amaliyotining (GMP) milliy talablariga, farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shugʻullanuvchi barcha mahalliy tashkilotlar Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP) milliy talablariga, farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shugʻullanuvchi barcha mahalliy korxonalar Zarur distribyutorlik amaliyotining (GDP) milliy talablariga muvofiq boʻlishi lozim.  Zarur amaliyotlarni tatbiq etishning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: -sifatsiz maxsulotni import qilinishini oldini olish; -aholini sifatli, xavfsiz va bezarar dori vositalari bilan taʼminlash; -farmatsevtika mahsulotlarini xavfsizligini taʼminlash uchun javobgarlikni aniq belgilash; -hodimlarni oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida sifatli bajarishini taʼminlash; -farmatsevtika mahsulotlarining sifati va xavfsizligini taʼminlashga yondashuvni oʻzgartirish, bu nuqsonlarni paydo boʻlishi va mahsulotni chaqirib olish holatlarini kamaytirish; -farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligiga ishonchni hujjatlar bilan tasdiqlash; -xalqaro talablarga javob beradigan sifat tizimini yaratish; -realizatsiya jarayonida texnik baryerlarni bartaraf etish; -mahalliy maxsulotlarni chet el davlatlariga eksport qilinishi uchun keng yoʻl ochib berish hamda mahalliy maxsulotlarni raqobatbardoshligini taʼminlash; -qalbaki va sifatsiz dori vositalarini taʼminot zanjiriga kirish xavfi oldi olish; -farmatsevtika mahsulotlarini xususiyatlari oʻzgarmagan xolda isteʼmolchilarga yetkazib berilishini taʼminlash; -farmatsevtika mahsulotlarini davlat xaridlari boʻyicha tenderlarda qatnashish.

  • 23 Avgust, 17:39
  • Batafsil
not found

Tadqiqot: AQSHda yoshlar orasida oshqozon-ichak saratoni bilan kasallanish koʻpaymoqda

2010 va 2019-yillar oraligʻida Qoʻshma Shtatlarda saraton tashxisi darajasi 100 000 kishiga 100 dan 103 gacha koʻtarildi, eng muhim oʻzgarishlar 30 yoshdan 39 yoshgacha boʻlgan odamlar guruhida kuzatildi. Tadqiqot natijalari AMA Network Open jurnalida chop etilgan. Tadqiqot  mualliflari toʻqqiz yil davomida saraton kasalligiga chalingan 50 yoshgacha boʻlgan 560 mingdan ortiq odamning maʼlumotlarini oʻrganishdi. Tadqiqotga koʻra, koʻkrak bezi saratoni 50 yoshgacha boʻlgan odamlarda saratonning keng tarqalgan turi boʻlib qolmoqda. Shuningdek, oshqozon-ichak trakti saratonining turlari orasida eng sezilarli oʻsish kuzatilgan. Oshqozon-ichak saratoni, jumladan, yoʻgʻon ichak saratoni, appendiks saratoni va boshqa turlari bilan kasallanganlar soni 15 foizga oshdi. Bundan tashqari, 2010-2019-yillarda onkologik kasalliklar ayollarda koʻproq aniqlangani, erkaklar oʻrtasida kasallanish 5 foizga kamaygani maʼlum boʻldi. Maʼlumotlarni irqi va etnik kelib chiqishi boʻyicha tahlil qilgan tadqiqotchilar Osiyo, Tinch okeani, ispan, amerikalik hindlar yoki Alyaskaning tubjoy aholisi orasida saraton kasalligi koʻpayib borayotganini aniqladilar.  Yoshlar oʻrtasida saraton kasalligining koʻpayishi sabablari noaniq, ammo mumkin boʻlgan shartlar - semirish, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish, chekish, uyquning yetishmasligi yoki sifati yomonligi, harakatsiz turmush tarzi, atrof-muhitning kanserogenlar bilan ifloslanishi.  Loyiha bilan tanishgan onkolog Pol Obershteyn  "Agar biz bu xavfga nima sabab boʻlayotganini tushunmasak va uni oʻzgartirish uchun biror narsa qila olmasak, vaqt oʻtishi bilan bu tobora jiddiy muammoga aylanishidan qoʻrqaman", -dediThe Washington Post nashriga bergan intervyusida. 

  • 23 Avgust, 08:45
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech