Yangiliklar

not found

Samara universiteti olimlari yurak xurujining oldini olish usulini topdilar

Samara universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan usul bemorning yuragi va pulьs ritmiga asoslangan qon tomirlarining elastikligini baholashga yordam beradi. Olimlarning fikricha, bu aterosklerozni erta tashxislash va yurak xastaliklarining oldini olishda foydali boʼladi. Natijalar Biomedical Engineering jurnalida chop etildi. Universitet mutaxassislarining fikriga koʼra, hozirgi vaqtda bemorning qon tomirlarining elastikligini baholash uchun ulьtratovush va rentgen diagnostika tizimlariga asoslangan turli instrumental usullar qoʼllaniladi. Buning uchun maxsus qimmatbaho uskunalar va malakali tibbiy xodimlarning yordami talab qilinadi. Samara milliy tadqiqot universiteti olimlari bemorning yuragi va pulьs ritmidagi farqlarni tahlil qilish asosida oddiyroq baholash usulini taklif qildi. "Mayerning maʼlum toʼlqinlari tufayli qon bosimining davriy oʼzgarishi arterial tomirlarning elastikligidagi oʼzgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin, bu esa yurak urish tezligida qoʼshimcha oʼzgaruvchanlikni keltirib chiqaradi. Aynan shu farq tomir devorlarining choʼzilish qobiliyatining belgisidir”- dedi Samara universitetining lazer va biotexnika tizimlari kafedrasi dotsenti Aleksandr Fedotov. Ular inson arterial tomirlarining elastikligini noinvaziv baholashning nisbatan oddiy usulini joriy etish aterosklerozni erta tashxislash samaradorligini oshirish va miokard infarktining paydo boʼlishining oldini olish imkoniyatini berishini tushuntirishdi.

  • 9 Oktyabr, 12:03
  • Batafsil
not found

SSV: Chet el fuqarosi boʼlgan va fuqaroligi boʼlmagan tibbiyot xodimlari ham malaka toifasini olishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʼtkazish va ularga malaka toifalari berish boʼyicha davlat xizmatlarini koʼrsatishning maʼmuriy reglamenti tasqidlangan. Mazkur hujjat tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʼtkazish va ularga malaka toifalari berish boʼyicha davlat xizmatlarini koʼrsatish tartibini belgilaydi. Ushbu jarayonni tashkil etish boʼyicha Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi direktori Sanjar Sharipov maʼlumot berdi. — Malaka toifalari Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan tashkiliy-huquqiy shakli hamda idoraviy boʼysunuvidan qatʼi nazar: - tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʼullanuvchi barcha tashkilotlarda faoliyat yuritadigan shifokorlar, farmatsevtlar; - “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega boʼlgan hamshiralar, oʼrta tibbiyot va oʼrta farmatsevtika xodimlari; - Oʼzbekiston Respublikasi hududidagi tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarga beriladi. Shifokor va farmatsevtlar har besh yilda bir marta malaka toifasini berish boʼyicha navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʼtkaziladi. Ilgari attestatsiyadan oʼtmagan va ishga yangi qabul kilingan shifokorlar hamda farmatsevtlar yoki oliy taʼlim tashkilotlarini bitirib, birinchi bor ishga kirgan shifokor va farmatsevtlar mutaxassisligi boʼyicha uch yil ish stajiga ega boʼlgandan soʼng malaka toifasini berish maqsadida majburiy attestatsiyadan oʼtkaziladi. Shifokor va farmatsevtlar malaka toifasini berish boʼyicha majburiy attestatsiyaga oʼz muddatida jalb etilishi uchun shifokor va farmatsevtlar faoliyat koʼrsatayotgan tashkilot rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.

  • 9 Oktyabr, 09:04
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech