Yangiliklar

not found

JSST davomli shovqinni inson salomatligi uchun yashirin tahdid deb atadi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tadqiqotchilari 85 dB (desibel) dan yuqori sakkiz soatlik davomli shovqin yurak-qon tomir va ovqat hazm qilish tizimlarining patologiyalarini qoʻzgʻatishi, shuningdek, miya va eshitish organlari oʻrtasidagi aloqani buzishi mumkinligini aniqladi. Natijalar The Lancet ilmiy jurnalida chop etildi. Shovqinning kuchayishi havoning ifloslanishi kabi atrof-muhitga halokatli taʼsir koʻrsatish shakllaridan biri sifatida tan olingan. Nashrning qayd etishicha, tadqiqotchilar shovqinni havo orqali tarqaladigan va inson eshitishlari doipazonidagi tebranishlar deb taʼriflaydi. Qabul qilinadigan darajadan oshib ketadigan, ayniqsa uzoq vaqt davomida taʼsir qiladigan baland tovushlar sogʻliq uchun jiddiy xavf tugʻdiradi. Ular tinnitus - miya va eshitish organlari oʻrtasidagi aloqani buzilishiga olib kelishi mumkin. Ogʻir holatlarda eshitishning toʻliq yoʻqolishiga olib keladi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) maʼlumotlariga koʻra, Yevropada katta yoshlilarning har yettitasidan biri tinnitusdan aziyat chekadi. Eshitish bilan bogʻliq muammolardan tashqari, shovqinning balandligi yurak-qon tomir va ovqat hazm qilish tizimlariga taʼsir qiladi. Kuchli tovushlar tufayli uyqu buzilishi stress, asab tizimi bilan bogʻliq muammolar va immunitetning zaiflashishiga olib kelishi mumkin, bu surunkali kasalliklarning rivojlanish xavfini oshiradi. Olimlar sogʻlikka salbiy taʼsirlarni kamaytirish uchun shaharlardagi shovqin darajasini pasaytirish va uyqu sharoitlarini yaxshilashga koʻproq eʼtibor berishga chaqirmoqda.

  • 29 Noyabr, 09:00
  • Batafsil
not found

Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyoj qanday aniqlanadi?

Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlash “Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlash tartibi toʻgʻrisida” gi Nizomga muvofiq 3 bosqichda aniqlanadi. 1-bosqichda davolash-profilaktika muassasasining vrachi tasdiqlangan nomdagi dori vositalari hamda tibbiyot buyumlariga muvofiq belgilangan davrda bemorlarni taʼminlash uchun zarur boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari, shuningdek tibbiyot buyumlariga hisoblab chiqadi hamda muassasada doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasiga taqdim etadi. 2-bosqichda davolash-profilaktika muassasasining doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasi rejalashtirilayotgan yil uchun davolash-profilaktika muassasasi boʻyicha ehtiyojni umumlashtiradi, tahlil qiladi va yigʻma ehtiyojni tasdiqlaydi. Tasdiqlangan ehtiyojni  Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasiga taqdim etadi. 3-bosqichda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasi davolash-profilaktika muassasalarining ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojini tahlil qilib, tegishli hududning ularga boʻlgan haqiqiy ehtiyojini shakllantiradi va tasdiqlaydi. Tegishli hudud boʻyicha haqiqiy ehtiyoj Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasiga respublikaning yillik ehtiyojini shakllantirish uchun yuboriladi. Respublikaning yillik ehtiyoji Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasi majlisida shakllantiriladi, unga tuzatishlar kiritiladi va tasdiqlanadi. Keyin esa Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni tizimli asosda nazorat qilish boʻyicha respublika komissiyasiga topshiriladi.  Dorixonalar ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojni tovarning nomenklatura boʻyicha qolgan miqdorini hisobga olish, elektron bazaga kiritilgan retseptlarni va tovar cheklarini hisobga olish asosida uning haqiqatdan sotilgani haqidagi maʼlumotlar boʻyicha aniqlaydi. Agar elektron maʼlumotlar bazasi mavjud boʻlmasa, dorixonalar xodimlari ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari toʻgʻrisidagi axborotni bunday dori vositalarini berish haqidagi maʼlumotlardan tovar cheklariga qarab oladi. Ushbu maʼlumotlar asosida ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining dorixonalarda muomalada boʻlishi toʻgʻrisidagi hisobot shakllantiriladi.

  • 28 Noyabr, 14:55
  • Batafsil
not found

Oʻzbekistonda tibbiyot sohasini transformatsiya qilishda turkiyalik mutaxassislar yaqindan koʻmak beradi

Sogʻliqni saqlash vazirligiga tizimni isloh qilish boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatli rejalarni ishlab chiqishda yordam berishi kerak boʻlgan yetti nafar turkiyalik ekspertdan iborat guruh Oʻzbekistonga jalb qilindi. Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, mutaxassislra hukumat qaroriga muvofiq taklif etilgan. Guruh yettita asosiy yoʻnalish boʻyicha ishlaydigan yetti nafar mutaxassisdan iborat: birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini takomillashtirishbirlamchi tibbiy-sanitariya yordamini takomillashtirish; tibbiy sugʻurta tizimini joriy etish va tizimni raqamlashtirish; shifoxonalarda tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish; tibbiy xizmatlarni rejalashtirish; farmatsevtikani rivojlantirish va dori vositalari taʼminoti; tibbiy asbob-uskunalar samaradorligini oshirish; shoshilinch va tez tibbiy yordamni rivojlantirish. Mutaxassislar “yuqoridagi yettita yoʻnalish boʻyicha katta xalqaro tajriba va malakaga ega, har biri tegishli yoʻnalish boʻyicha masʼul etib belgilangan”, deyiladi xabarda. Guruh rahbari Hasan Chagil 1986-yilda Istanbul universitetini tamomlagan. 2003−2013-yillarda Turkiya tibbiyotini transformatsiya qilishda bevosita ishtirok etib, asosiy yoʻnalishlarga boshchilik qilgan. Natijada qisqa muddatda mamlakat tibbiyoti 2000-yillar boshidagi ahvoli ogʻir sohadan rivojlangan tizimga aylandi. Ushbu mutaxassis xalqaro darajadagi ekspertlik faoliyatini 2016-yildan mustahkamlagan. Osiyo va Yevropaning bir qator Sogʻliqni saqlash vazirliklarida tibbiyotning qator yoʻnalishlari boʻyicha maslahatchilik faoliyatini davom ettirgan. Shu bilan birga, turkiyalik ekspertlar safida tibbiyot sohasida katta ilmiy salohiyat hamda amaliy tajribaga ega Mehmet Ugurlu, Talgan Kyuchyuk, Muhammet Yornek, Mehmet Ersoy, Hasan Bagdji va Mexmut Avdji ham bor. Hozir ular joylarda boʻlib, sogʻliqni saqlash muassasalari faoliyatini chuqur oʻrgangan holda, uni yanada rivojlantirish borasida oʻz tavsiyalarini beryapti. Kelgusida ana shu tahlil, taklif va tavsiyalar umumlashtirilib, sogʻliqni saqlash tizimining bosqichma-bosqich islohotiga oid qisqa, oʻrta va uzoq muddatli “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

  • 28 Noyabr, 11:58
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech