Yangiliklar

not found

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun qonunchilikda qanday rag‘batlantirishlar nazarda tutilgan?

Yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlar uchun 1 million so‘mgacha ustamalar mavjud Bunda ta’lim muassasasini tugatib (yoki bitiruvchi bosqich talabasi), yangi ishga kirgan yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar ularning birinchi uch yillik mehnat faoliyati uchun belgilanadi. Mazkur toifadagi shifokorlar uchun har oyda: birinchi yil uchun — 1 million so‘mdan; ikkinchi yil uchun — 750 ming so‘mdan; uchinchi yil uchun — 500 ming so‘mdan maxsus oylik ustamalar to‘lab boriladi. Tibbiyot muassasasining yuqori malakali tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga lavozim maoshining 100 foizigacha hamda boshqa xodimlarga 75 foizigacha oylik ustamalar to‘lanadi Mazkur ustama tibbiyot muassasasi xodimlarini reyting baholash tizimi asosida amalga oshiriladi. Buning uchun muassasada maxsus komissiya tuziladi. Ushbu komissiya har bir xodimning mehnat faoliyati bilan bog‘liq ish yuklamasi, bajaradigan vazifasining murakkabligi, ish samaradorligi, sohaga qo‘shgan hissasi hamda boshqa sanash va hujjat bilan tasdiqlash mumkin bo‘lgan 5 ta muhim ko‘rsatkichlarni baholash uchun asos sifatida belgilaydi hamda baholashda mazkur ko‘rsatkichlarga asoslanadi. Bunda, xodimlarning mehnatga vijdonan munosabati, mehnat faoliyatida ko‘rsatayotgan yuqori natijalari hamda kasb etikasiga rioya etishi inobatga olinadi. Maxsus komissiya tomonidan har bir ko‘rsatkich 20 balgacha bo‘lgan reyting tizimida baholanadi. Ushbu ko‘rsatkichlarning umumiy yig‘indisi eng yuqori ballarda baholangan taqdirda 100 balni tashkil etishi lozim. Maxsus komissiya har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasidan boshlab 5 ish kuni ichida xodimlarga berilgan yakuniy bahoni tasdiqlaydi. Umumiy 100 ballik reyting tizimi asosida 75 baldan 100 balgacha natijaga erishgan tibbiyot muassasasi xodimlari oylik maoshiga quyidagi tartibda qo‘shimcha oylik foizli ustamalar belgilanadi: tibbiyot xodimlariga: 75 baldan 84 balgacha oylik maoshining 50 foizgacha miqdorida; 85 baldan 94 balgacha oylik maoshining 75 foizgacha miqdorida; 95 baldan 100 balgacha oylik maoshining 100 foizgacha miqdorida. tibbiyot xodimlaridan tashqari boshqa xodimlar uchun: 75 baldan 84 balgacha oylik maoshining 25 foizgacha miqdorida; 85 baldan 94 balgacha oylik maoshining 50 foizgacha miqdorida; 95 baldan 100 balgacha oylik maoshining 75 foizgacha miqdorida. Ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha ustamalar to‘lanadi. Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lab beriladi. Mazkur oylik qo‘shimcha ustamalar tibbiyot xodimlarining lavozim maoshiga quyidagi miqdorlarda belgilanadi: tibbiyot muassasasida shifo o‘rni 5 tagachani tashkil qilganda — 10 foiz; tibbiyot muassasasida shifo o‘rni 5 tadan 10 tagachani tashkil qilganda — 20 foiz; tibbiyot muassasasida shifo o‘rni 10 dan yuqorini tashkil qilganda — 30 foiz. Mukofot pullari hamda moddiy yordamlar to‘lanadi. Bundan tashqari, tibbiyot xodimlariga kasbiy yoki boshqa bayramlar munosabati bilan mukofot pullari ham beriladi. Biroq, ushbu mukofot miqdori bir kalendar yil mobaynida har bir xodimga ikki lavozim maoshidan oshmagan holda belgilanishi lozim. Shuningdek, xodimlarga ularning murojaatiga ko‘ra yoki tegishli tibbiyot muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi bilan yaqin qarindoshlarning vafot etishi, og‘ir jarohatlar olish, kasal bo‘lish, tabiiy ofatlar yuz berganda moddiy yordam ko‘rsatiladi. Bunda yuqoridagi moddiy yordam miqdori har bir tayinlangan holat uchun xodimning bir lavozim maoshidan oshmasligi lozim. Shuningdek, xodimlarga muassasaning jamoa shartnomasida yoki boshqa ichki lokal hujjatlarida ham imtiyoz va rag‘batlantirishlar ko‘zda tutilishi mumkin.

  • 11 Mart, 08:47
  • Batafsil
not found

2050-yilga borib 2,5 milliard kishi eshitish qobiliyatidaga muammaloardan aziyat chekadi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) eshitish qobiliyati zaif bo‘lgan odamlar sonining o‘sishi bilan bog‘liq statistikani e’lon qildi. Tashkilot prognozlariga ko‘ra, 2050 yilga borib bu muammo chinakam global tus olib, qariyb 2,5 milliard kishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ularning kamida 700 million nafari reabilitatsiya tadbirlariga muhtoj bo‘ladi. JSSTning Rossiyadagi vakolatxonasi rahbari Botir Berdiqlichev tashkilot yosh avlodning zaifligidan alohida xavotirda ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, audio kontentni tinglashning xavfsiz bo‘lmagan amaliyotlari tufayli milliarddan ortiq yoshlar eshitish qobiliyatini yo‘qotish xavfi ostida. Berdiqlichevning ta’kidlashicha, tegishli ehtiyot choralarini ko‘rish yoshlarning katta qismida ushbu muammoning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bugungi kunda Yer yuzi aholisining taxminan 5 foizi nogironlikka olib keladigan eshitish qobiliyatiga ega. JSST ekspertlari bolalarda eshitish qobiliyatini yo‘qotish holatlarining 60 foizi oldini olish mumkin bo‘lgan sabablar bilan bog‘liqligiga e’tibor qaratmoqda. Bu kelajakda vaziyatni yaxshilash uchun keng imkoniyatlar ochadi. Eshitish a’zolari kasalliklarining 60% dan ortig‘i birlamchi tibbiy yordam darajasida davolanadi. Shu munosabat bilan JSST aholining birlamchi tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga chaqirmoqda. Mutaxassislarga o‘z vaqtida murojaat qilish va profilaktika bo‘yicha tavsiyalarga rioya qilish eshitish qobiliyati buzilishining rivojlanish xavfini kamaytiradi va butun umr davomida eshitish tizimi salomatligini saqlab qoladi. Tashkilot aholining eshitish qobiliyatini yo‘qotish muammosi va uning oldini olish choralari haqida xabardorligini oshirish zarurligini ta’kidlaydi.

  • 7 Mart, 14:50
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech