Yangiliklar

not found

Ko‘chada sayr qilish odamlarga surunkali og‘riqni yengilroq o‘tkazishga yordam beradi

Tabiat qo‘ynida sayr qilish surunkali bel og‘rig‘idan aziyat chekayotgan odamlarga kasallikni yengishda sezilarli yordam berishi mumkin - Plimut va Ekseter universitetlari tadqiqotchilari shunday xulosaga kelishdi. Ularning tadqiqot natijalari The Journal of Pain jurnalida e’lon qilindi. Mualliflar 5 yildan 38 yilgacha og‘riqni boshdan kechirgan o‘n kishini so‘roqdan o‘tkazdilar. Ularning barchasi ochiq havoda bo‘lish - hatto qisqa muddat bo‘lsa ham - noxush his-tuyg‘ulardan chalg‘ishga, tashvish darajasini pasaytirishga va o‘zini ijtimoiy hayotga ko‘proq jalb qilinganday his etishga yordam berishini ta’kidladilar. Ayniqsa, suv bilan muloqot, o‘rmon shovqinlari va shunchaki uydan tashqarida harakat qilish imkoniyati juda muhim ekan. Ishtirokchilar tabiatni kasallikdan chalg‘ish va umumiy ahvolni yaxshilash vositasi sifatida qabul qilishdi. Sport zallariga nisbatan, parklar va qirg‘oq bo‘ylari kamroq stress va ko‘proq zavq bag‘ishladi. Biroq, ba’zilar bunday joylarga borishning qiyinligidan noliganlar: notekis yer, o‘rindiqlar yoki tayanch nuqtalarining yo‘qligi sayr qilishni mushkul qilgan. Olimlar nafaqat reabilitatsiyada tabiatning ahamiyatini e’tiborga olishni, balki shahar hududlarini og‘riq sindromi bo‘lgan odamlarning ehtiyojlariga moslashtirish kerakligini ham taklif qilmoqdalar. Bunga qo‘shimcha ravishda, jamoa hatto uydan chiqa olmaydiganlar uchun ham tabiat qo‘yniga "sho‘ng‘ish" imkonini beruvchi virtual texnologiyalarni ishlab chiqmoqda. Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, tabiiy muhit bilan aloqa - bu surunkali kasalliklarga chalingan millionlab odamlar uchun hayot sifatini oshirishning arzon va xavfsiz usulidir.

  • 5 Iyun, 08:35
  • Batafsil
not found

Dorilarni to‘g‘ri qabul qilayotganingiz haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?

Bu yerda qanday qoidalar bo`lishi mumkin - dozani o‘qib chiqdim va kerakli miqdordagi preparatni ichdim. Lekin hammasi bu qadar oson emas. Birinchidan, albatta, shifokor bilan maslahatlashing - bu haqiqatan ham muhim. U sizga haqiqatan ham ushbu dori kerakligini yoki o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lgan dori vositasidan foydalanish yaxshiroq ekanliginiva aniq dozani tayinlaydi. Ikkinchidan, jadvalga aniq rioya qiling - dorilarni o‘z vaqtida qabul qilishni unutmang va ko‘rsatmalarni diqqat bilan o‘rganib chiqing (dori vositasini ovqatdan oldin, keyin yoki ovqat paytida qabul qilish). Uchinchidan, turli dorilarni qabul qilish orasidagi vaqtga rioya qiling. Shifokor bizga dori ichishni buyursa (masalan, 1 tabletkadan kuniga 2 marta), biz buni uyg‘oq paytimizda ikki marta qabul qilish deb qabul qilamiz. Shifokorlar esa 24 soatni nazarda tutyapti. Shuning uchun ba’zan qabul vaqtini aniqlash kerak. ️Davolash har doim shifokor tomonidan tayinlanishi va nazorat qilinishi kerak, chunki har qanday dori-darmon o‘zining nojo‘ya ta’siriga ega. Dorilarni qabul qilishda esa dorilar bilan bog‘liq quyidagi xatolarga yo`l qo`ymaslikga harakat qiling:  • noto‘g‘ri saqlash; • muddati o‘tgan dorilardan foydalanish; • dori ichish uchun choy, qahva, sharbatdan foydalanish; • dori va ovqatning noto‘g‘ri kombinatsiyasi; • dorini noto‘g‘ri vaqt oralig‘ida qabul qilish.

  • 4 Iyun, 14:50
  • Batafsil
not found

Toshkent viloyatida sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahri bo‘limi, DXX, IIV va Bojxona xodimlari hamkorligida va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan N.A. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan jami 72 000 dona “sistema infuzion” tibbiy buyumlarini 17 900 AQSH dollari va 30 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning “KIA” rusumli avtomashinasi hamda Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi yashash xonadonidan sotish maqsadida saqlab kelingan umumiy bahosi 240 mln so‘mlik 867 quti dori vositalari hamda 29 turdagi 72 389 dona tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan. Shu kabi, Departamentning Chirchiq shahri bo‘limi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Q.B. fuqaro Sh.B.ga kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan jami 11 500 dona “Menavazin” va “Metralin” nomli dori vositalari hamda “sistema infuzion” tibbiy buyumlarini 130 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

  • 4 Iyun, 11:51
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech