16:29 (08.04.2024)
2094
Hijoma — maxsus uskunalar yordamida vakuum orqali qon oldirish boʻlib, uni baʼzan vakuumli massaj deb ham atashadi.
Alternativ va anʼanaviy tibbiyot sohasiga tegishli mazkur jarayon qadimdan mavjud. Unga koʻra, bemorning terisi skalpel yoki igna bilan kesiladi, soʻng shikastlangan joy ustiga vakuumli massaj uchun maxsus idish qoʻyiladi. Yuzaga kelgan bosim tufayli teri idishga soʻriladi va shikastlangan qismdan qon sizib chiqadi.
Hijoma Oʻrta Osiyo, Xitoy, Koreya va Sharqiy Yevropa, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq davlatlarida qoʻllanadi.
Hijoma nima uchun qoʻllanadi?
Hijomaning bir nechta shifobaxsh xususiyatlari mavjud, masalan, osteoxondroz va epilepsiyadan tortib jigar, buyrak va oʻt pufagi kasalliklari uchun samarali deb taʼkidlanadi. Ammo hijomaning foydasi olimlar tomonidan rasman tasdiqlanmagan.
Ilmiy dalillarga kelsak, hijoma asosan ogʻriq qoldiruvchi vosita sifatida isbotlangan. Masalan, hijoma mushaklar, boʻyin va yelkadagi ogʻriqlar, kuchli bosh ogʻrigʻi, nevralgiya, gerpesda ham qoʻllanadi.
Hijoma zarar yetkazishi mumkinmi?
Hijomaning salbiy taʼsiri uni qayerda va qanday muhitda oʻtkazishga bogʻliq. Bir martalik igna va skalpeldan foydalanish, kesishdan avval bemor terisini dezinfeksiya qilish kabi xavfsizlik qoidalariga rioya etish lozim. Aks holda OIV, gepatit B va C kabi qon orqali yuqadigan kasalliklar va boshqa infeksiyalarni yuqtirib olish xavfi bor.
Hijoma keng qoʻllanadigan Saudiya Arabistoni davlatida 25 000 taga yaqin gepatit C kasalligiga chalingan bemorlar tekshirilgan. Tekshiruv natijalariga koʻra, bemorlarning koʻpgina qismi aynan hijoma orqali gepatitni tasodifan yuqtirib olgan.
Hijomaning quyidagi nojoʻya taʼsirlari mavjud:
Hijoma tibbiy jarayondir. Baʼzi tibbiy bilim, koʻnikma hamda diplomga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan bajarilgan hijoma yuqoridagi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Hijoma man etiladigan holatlar:
Shuningdek, chuqur trombozda va suyak singanda ham hijoma qilish mumkin emas.