08:43 (02.04.2024)

1564

Ijtimoiy dorixona ochishda kimlar xususiy sherik boʼla oladi?

Ijtimoiy dorixona Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan, jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlariga koʼra, «Davlat-xususiy sheriklik toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasining Qonuni va "Ijtimoiy dorixona faoliyatini tashkil etish tartibi toʼgʼrisida"gi Nizomga muvofiq tashkil etiladi.

Xususiy sherik — faoliyatining asosiy maqsadi aholini dori vositalari bilan taʼminlash hisoblangan, dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana va ulgurji realizatsiyasini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʼlishi bilan bogʼliq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʼlgan, davlat-xususiy sheriklik toʼgʼrisida shartnoma tuzgan yuridik shaxs hisoblanadi.

Ijtimoiy dorixonalar faoliyatini tashkil etishda qoʼyidagi asosiy talablar qoʼyiladi:

➖ dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji, chakana realizatsiyasini amalga oshirish, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va berish uchun litsenziyaning mavjudligi;

➖Аholini ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlar roʼyxatiga kiruvchi (keyingi oʼrinlarda Roʼyxat deb ataladi) dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan cheklangan narxlardan oshmaydigan narxlarda, dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan toʼliq hajmda taʼminlash;

➖ davlat-xususiy sheriklik hamkorligi shartlari asosida cheklangan savdo ustamalarini qoʼllash yoʼli bilan Roʼyxatga kirmaydigan, dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash;

➖dori vositalari bilan shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda taʼminlash;

➖ dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ijtimoiy dorixonalarning tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari qoshidagi oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida joylashgan filial tarmoqlari orqali taʼminlash;

➖ maxsus ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari orqali qishloq vrachlik punktlari mavjud boʼlmagan togʼli, yetib borish qiyin hududlardagi aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarni yetkazib berishni taʼminlash;

Shuningdek, dorixona assortimentidagi roʼyxatga kiritilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning uzluksiz realizatsiyasini amalga oshirish maqsadida ularning ikki oylik zahirasi mavjud boʼlishi lozim.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech