12:22 (08.10.2026)
43
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni qabul qilish hamda saqlash Vazirlar Mahkamasining 185-son qaroriga asosan qat’iy belgilangan tartibda amalga oshiriladi
✅ Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar omborxona binolari sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, yong‘in xavfsizligi qoidalari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga javob berishi;
✅ Omborxona binolari dori vositalarining va tibbiy jihozlarning fizik-kimoviy, farmakologik va toksikologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, dori vositalarining va tibbiy jihozlarning to‘g‘ri saqlanishini ta’minlaydigan sharoitlarga ega bo‘lishi kerak.
✅ Omborxonada dori vositalarini va tibbiy jihozlarni qabul qilish va saqlash joylari bir-biridan ajratilgan bo‘lishi lozim.
✅ Omborxonada dori vositalarini va tibbiy jihozlarni qabul qilish omborxonaning qabul qilish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Yuklash-tushirish ishlarini olib borishda dori vositalarini va tibbiy jihozlarni yog‘in-sochinlardan, quyosh nurlarining bevosita ta’sirlaridan, yuqori yoki past haroratdan himoya qilish ta’minlanadi.
✅ Har bir kelgan mahsulot muvofiqlik sertifikatiga va O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik guvohnomasiga ega bo‘lishi shart.
✅ Raqamli markirovka qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlarni qabul qilishda zarur maxsus uskunalar va dasturiy ta’minotlar ishlatilishi ta’minlanadi.
Saqlash qoidalari:Dorilarning fizik-kimoviy xossalari, yaroqlilik muddati va ishlab chiqaruvchi talablariga (harorat, namlik, yorug‘likdan himoya qilish) rioya qilingan holda saqlanadi.
❗️ Muvofiqlik sertifikati yo‘q yoki ro‘yxatdan o‘tkazilmagan mahsulotlarni saqlash hamda realizatsiya qilish qat’iyan taqiqlanadi.