Yangiliklar

not found

Aqlli soatlardan-to‘g‘ri foydalanasizmi?

Ogayo shtati universiteti qoshidagi Veksner tibbiyot-markazi mutaxassislari yurak urishini kuzatuvchi aqlli soatlar va boshqa gadjetlar foydalanuvchilari tomonidan yo‘l qo‘yilgan asosiy xatolar haqida gapirdi. Dekabr oyida tadqiqotchilar 1008 amerikalikdan yurak urishini nazorat qilish uchun aqlli qurilmalardan qanday foydalanishlarini aniqlash maqsadida so‘rov o‘tkazdilar. Ma’lumotlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng, tadqiqotchilar foydalanuvchilarning qariyb 75 foizi yurak urish tezligini kuzatib borishini, lekin bu haqda shifokorlariga xabar bermasliklarini aniqladilar. Tadqiqotda ishtirok etgan kardiologlar aqlli gadjetlar tomonidan to‘plangan natijalarni yashirishni foydalanuvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan asosiy xato deb atadi. Baxtsiz hodisa yoki kasalxonaga yotqizishlarini kutishdan ko‘ra, yurak faoliyatidagi o‘zgarishlar haqida vaqtida ma’lum qilish kerakligini ta’kidladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, aqlli soatlar yurak sog‘lig‘ini nazorat qilishda keng foydalaniladigan mashhur qurilma bo‘lib, respondentlarning 32 foizi ulardan foydalanadi. Ikkinchi o‘rinda portativ tonometr - 31 foiz, uchinchi o‘rinda turli xil fitnes ilovalari bo‘lib, ular 19 foiz ulush oldi. Xulosa qilib aytganda, kardiologlar oddiy vaqtda yurak urish tezligi daqiqada 60-100 marta bo‘lishini, jismoniy faollik paytida maksimal yurak urish tezligini odamning yoshini 220 dan ayirish yo‘li bilan hisoblash mumkinlini ta’kidlashdi.

  • 3 Fevral, 15:25
  • Batafsil
not found

Toshkent shahrida juda ko‘p miqdordagi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi, DXX, Bojxona va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan Sh.K. va boshqalar Chilonzor tumanidagi savdo majmuasi avtoturargohiga fuqaro D.Q. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasida olib kelingan 32 turdagi jami 42 777 dona sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan dori vositalarini o‘tkazish maqsadida o‘zining boshqaruvidagi avtomashinada olib ketmoqchi bo‘lgan paytida ushlangan. Shundan so‘ng davom etgan tadbirda, fuqaro Sh.K. Toshkent viloyati, Chirchiq shahridagi xonadonida noqonuniy dori vositalarini saqlab kelganligi aniqlanib, 26 turdagi jami 72 540 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Bundan tashqari, tezkor tadbir davomida fuqaro U.N. 70 quti dori vositalarini o‘zining boshqaruvidagi yuk avtomashinasida Buxoro shahridagi ulgurji dori vositalari savdosi bilan shug‘lulanuvchi "F.Ph.” MCHJga tegishli omborxonaga olib borganligi aniqlanib, MCHJ omborxonasidan 89 ming dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

  • 3 Fevral, 12:25
  • Batafsil
not found

FDA 20-yil ichida birinchi opioid bo‘lmagan og‘riq qoldiruvchi vositani tasdiqladi

FDA 20-yil ichida markaziy asab tizimiga ta’sir qilmasdan og‘riq signallarini bloklaydigan birinchi innovatsion opioid bo‘lmagan analgetikni tasdiqladi. Vertex kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan preparat klinik sinovlarda yuqori samaradorlikni ko‘rsatdi va har yili o‘n minglab odamlarni qaram qiladigan opioidlarga muqobil bo‘lishi mumkin. AQSH oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) o‘rtacha va kuchli, o‘tkir og‘riqlarni davolash uchun opioid bo‘lmagan dori, Journavx (suzetrigin) ni tasdiqladi. Preparat faqat periferik nervlarga ta’sir qiladi va miya ichkarisiga kirmaydi, shuning uchun u opioid og‘riq qoldiruvchi vositalardan farqli o‘laroq, qaramlikka olib kelmaydi. Preparatning samaradorligi operatsiya qilingan 1000 ga yaqin odam ishtirok etgan ikkita tadqiqotning III bosqichli natijalari bilan tasdiqlangan. Ularga platsebo, opioid Vicodin (hydrocodone + acetaminophen) yoki Journavx berildi. Abdominoplastikadan so‘ng (qorin bo‘shlig‘ini estetik operatsiyasi) Vertex preparatini qabul qilgan bemorlarning 61 foizi og‘riqning kamida 30 foizga kamayganini qayd etdi. Platsebo guruhida ishtirokchilarning 48% og‘riqni kamaygani haqida xabar berishdi. Bunionektomiyadan so‘ng (oyoq bosh barmog‘idagi chiqib ketgan suyakni tuzatish) Journavx qabul qilgan bemorlarning 83 foizida og‘riq sezilarli darajada kamaygan. Taqqoslanadigan analgetik ta’sir platsebo guruhidagi bemorlarning 68 foizida qayd etilgan. Opioid preparati og‘riqni sezilarli darajada kamaytirdi, ammo u ko‘proq yon ta’sirga olib keldi. Birinchi sinovda ko‘ngil aynishi va qusish Vicodin guruhidagi ishtirokchilarning 33 foiziga va Journavx guruhidagilarning 20 foiziga ta’sir ko‘rsatdi. Ikkinchi tadqiqotda bemorlarning 16% va 9% mos ravishda bir xil salbiy reaksiyalardan shikoyat qildilar. Preparatni ishlab chiqish uchun uchun yigirma yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi, deb yozadi New York Times. Amerika Qo‘shma Shtatlarida har yili 80 millionga yaqin odam og‘riq qoldiruvchi vositalar uchun retsept oladi va ularning taxminan yarmiga opioid preparatlar buyuriladi. Natijada 85 ming bemorda dorilarga qaramlik yuzaga keladi. Opioid bo‘lmagan muqobilning paydo bo‘lishi narkotik og‘riq qoldiruvchi vositalardan foydalanish bilan bog‘liq xavflarni kamaytiradi. Vertex kompaniyasi, shuningdek, uning periferik neyropatik og‘riqlarga ta’sirini o‘rganmoqda, bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi lumbosakral radikulopatiya bilan og‘rigan bemorlar orasida preparatni o‘rganishni ham rejalashtirgan.

  • 3 Fevral, 09:55
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech