Yangiliklar

not found

Marburg gemorragik isitmasini oldini olish chora-tadbirlari ko`rilmoqda

Joriy yilning 29-sentyabr kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Afrika qitʼasidagi Ruanda davlatida Marburg gemorragik isitmasini qayd etgani sabab Oʻzbekistonda ham kasallikni oldini olish choralarini kuchaytirilmoqda. Bu haqda Sanitariya epidemiologiya qoʻmitasi xabar berdi. Joriy yilning 28-sentyabr holatiga koʻra, Ruandaning 30 ta okrugining yettitasida, jami 26 ta tasdiqlangan kasallanish holati roʻyxatga olingan va shundan 6 ta holatda oʻlim qayd etilgan. JSST ushbu epidemiya xavfini milliy darajada juda yuqori, mintaqaviy darajada yuqori va butun dunyo darajasida past deb baholamoqda. Marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralarini kuchaytirish maqsadida dunyoning koʻplab mamlakatlari bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasida ham davlat chegarasini kesib oʻtish joylarida faoliyat yuritayotgan Canitariya nazorat punktlarining (SNP) hushyorligi oshirilgan. Marburg isitmasi bilan kasallanishni oldini olish maqsadida: Gemorragik isitma kasalligiga gumon qilingan bemorlarni oʻz vaqtida aniqlab, izolyatorlarga alohidalash; gumon qilingan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan tibbiyot xodimlari tomonidan standart ehtiyot choralarini koʻrish, qoʻshimcha ravishda infeksiyani yuqtirishini oldini olishga qaratilgan shaxsiy himoya vositalaridan toʻliq foydalanish; gumon qilingan bemorlarning qoniga tegmaslik, bemor ajratgan tana suyuqliklari, shuningdek, ular bilan ifloslangan yuzalar bilan muloqotda boʻlmaslik; kasallikning etiologiyasi, klinikasi, laborator tashxisi va kasallikni oldini olish va profilaktikasi boʻyicha tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish; kasallikni nazorat qilishda xavfsiz ineksiya usullarini qoʻllash, shaxsiy himoya vositalaridan toʻgʻri foydalanish, qayta ishlatilayotgan tibbiy asboblarni zararsizlantirish va chiqindilarini xavfsiz yoʻq qilish; infeksiya boʻyicha aholini xabardorligini oshirish maqsadida aholi orasida tushuntirish va targʻibot ishlarini amalga oshirish kabi choralari  tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. “Shu oʻrinda fuqarolarimizga jiddiy xavotirga oʻrin yoʻqligini maʼlum qilamiz”, deyiladi xabarda.

  • 9 Oktyabr, 11:47
  • Batafsil
not found

Kasallangan milk va tishlar Alsgeymer kasalligini keltirib chiqarishi aniqlandi

Rossiyalik olimlar og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini aqli zaiflik kasalligi paydo bo‘lishiga olib keladigan omillar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda The Voice Mag jurnali xabar bermoqda. Neyrodegenerativ kasalliklar bejizga eng xavfli va yashirin deb atalmaydi: ular markaziy asab tizimida rivojlanadi va hujayralar o‘limi mazkur jarayonni ortga qaytarib bo‘lmaydigan vaqtdagina aniqlanadi. Olimlar demensiyaning turli shakllarini avvaldan aniqlash va kasallikni erta davolashning yangi usullarini tinimsiz izlamoqda. Jumladan, N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti nevrologi, Rossiya gerontologik tadqiqot-klinik markazi laboratoriyasining katta ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi Mariya Cherdak Alsgeymer kasalligining rivojlanish sabablaridan biri aniqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, keksayganda ruhiy xastaliklar yuzaga kelishiga og‘iz bo‘shlig‘ida turli yallig‘lanishni keltirib chiqaradigan bakteriyalar sabab bo‘lishi mumkin. Mutaxassis ta’kidlashicha, tish va milklarning yallig‘lanish kasalliklari bilan og‘rigan odamlarda Alsgeymer kasalligiga chalinish ehtimoli ko‘proqdir. Mazkur xastaliklarning o‘zaro bog‘liqlik mexanizmi hozircha to‘liq o‘rganilmagan. Biroq ushbu nazariya quyidagicha tushuntiriladi: Og‘iz bo‘shlig‘i va tishlarda hosil bo‘ladigan mikroorganizmlar bevosita yoki tananing immun reaksiyasi orqali amiloid oqsilining ishlab chiqarish jarayonini boshlab yuborishi mumkin. Aynan shu oqsil bosh miya hujayralarining shikastlanishiga olib keladi va Alsgeymer kasalligini keltirib chiqaradi. Boshqa davlatlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar ham og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi va neyrodegenerativ kasalliklarning rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligini tasdiqlaydi. Doktor Cherdak keksalarga tish va milklar salomatligiga e’tiborli bo‘lishni va zarur bo‘lganda protez tishlar qo‘yishni tavsiya qildi. Chunki bosh miya kasalliklariga nafaqat infeksiya, balki tishlar yetishmasligi yoki kasallanishi sabab bo‘lishi mumkin.

  • 9 Oktyabr, 11:45
  • Batafsil
not found

Tahlil: “Tez yordam”ga eng ko‘p yolg‘on chaqiriq qaysi hududdan kelib tushdi?

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning o‘tgan 9 oyi davomida “103” xizmatiga mamlakatimiz bo‘yicha jami 9 million 958 ming 507 ta murojaat qayd etilgan. Jumladan, bajarilgan chaqiruvlarning aksariyati, ya’ni 7 million 107 ming 703 tasi shoshilinch ko‘rsatma bilan, shuningdek surunkali kasalliklar – 2 million 531 ming 699 ta va tug‘uruqlar – 64 ming 446 tani tashkil qilgan. Eng ko‘p murojaatlar: ♦ Farg‘ona viloyati — 1 040 546 ta; ♦ Andijon viloyati — 1 013 131 ta; ♦ Toshkent shahri — 1 007 327 ta; ♦ Toshkent viloyati — 933 600 ta; ♦ Namangan viloyati — 905 000 ta qayd etilgan. Eng kam chaqiriq Navoiy viloyati (296 046 ta), Sirdaryo viloyati (335 010 ta), Jizzax viloyati (399 342 ta) va Buxoro viloyatida (482 325 ta) hamda Xorazm viloyatida (489 761 ta) kuzatilgan. Shuningdek, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida “103” xizmatiga jami 1 990 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushgan, 1 287 ta holatda tez tibbiy yordam brigadasi chaqiruv manziliga yetib borgach, eshikni ochmaslik vaziyati qayd etilgan. Tahlillarga ko‘ra, 2024-yilning o‘tgan 9 oyida eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Samarqand viloyatida kuzatilib, mazkur raqam 357 tani tashkil etdi. Keyingi o‘rinda Qashqadaryo viloyati qayd etildi — 321 ta. Shuningdek, Toshkent shahridan 249 ta ana shunday murojaat kelib tushgan. Eng kam yolg‘on chaqiriq esa Sirdaryo viloyatida ro‘yxatga olindi — 6 ta!

  • 9 Oktyabr, 08:50
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech