Yangiliklar

not found

DXX: Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod viloyati Olabuqa tumanida yashovchi, 1985 y.t. fuqarosi hamda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi, 1980 va 1998-yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs o‘zaro kelishgan holda Qirg‘iz Respublikasidan mamlakatimizga aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan 16800 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 36 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida qo‘lga olindi. Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, Shayxontohur tumanida yashovchi, 1982 y.t. fuqaroning yoni va avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda 15 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. Shuningdek, uning tanishi bo‘lgan, 1978 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxsning Uchtepa tumanidagi yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 2967 dona “Regapen” dori vositasi borligi ma’lum bo‘lib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. DXX Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Farg‘ona-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Neksiya” rusumli avtomashina Sergeli tumani hududida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, unda Farg‘ona shahrida yashovchi, 1989 y.t. fuqaroga tegishli 1400 dona “Regapen”, 30 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahrida istiqomat qiluvchi, 1989 y.t., shaxsning “Lasetti” rusumli avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda 6034 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur fuqaroning yashash xonadonidan ham 2800 dona “Regapen” dori vositalari olindi. Ta’kidlash lozimki, barcha holatlarda musodara qilingan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari Qirg‘iz Respublikasidan mamlakatimizga kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan. Hozirda holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

  • 2 Avgust, 15:00
  • Batafsil
not found

YUNISEF va JSST: 12-yilda ona suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlar soni 10 foizga ko‘paydi

Bugundan dunyo bo‘ylab Butunjahon ona suti bilan oziqlantirish haftaligi boshlandi. Shu munosabat bilan YUNISEF va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining qo‘shma hisoboti e’lon qilindi. Unda qayd etilishicha, so‘nggi 12-yil ichida bu borada ijobiy o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Xususan, ana shu davrda sayyoramiz bo‘yicha ona suti bilan oziqlanadigan olti oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlar soni 10 foizga ko‘paygani quvonarli. Bu, jahonda 48 foiz go‘daklar sog‘lom hayot boshlash imkoniyatiga ega bo‘lganini anglatadi. Ushbu statistika JSSTning 2025-yilda ko‘krak suti bilan parvarishlanadigan bolalar sonini 50 foizdan oshirishga doir global maqsadlariga yaqin. Biroq hali mazkur yo‘nalishda o‘z yechimini kutayotgan muammoli masalalar bor. Vaholanki, chaqaloqlarni ona suti bilan oziqlantirish darajasini yaxshilash orqali yiliga 820 ming nafardan ziyod bolaning hayotini saqlab qolish mumkin. Chunki ko‘krak suti tarkibidagi antitanalar go‘dakni turli kasalliklar, ayniqsa xavfli patologiyalardan himoyalaydi. Sog‘lom o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi. O‘z navbatida, onalarning saraton va ba’zi yuqumli bo‘lmagan xastaliklarga chalinish xavfini kamaytiradi. Biroq ko‘p ayollar farzandlarini ko‘krak suti bilan oziqlantirish borasida malakali tibbiy masalahat olish imkoniyatiga ega emas. Ba’zilari emizishning chaqaloq va ona salomatligi uchun naqadar muhimligidan bexabar. Ayrim mamlakatlarda sun’iy ozuqalarni reklama va targ‘ib qilishga doir yetarli cheklovlar o‘rnatilmagan. Ona suti bilan parvarishlashni qo‘llab-quvvatlash mexnazmlari ishlab chiqilmagan. Bu borada doimiy monitoring dasturlari mavjud emas. Mehnat qonunchiligida belgilangan — xodimga emizish bo‘yicha tanaffuslar berish kabi normalarga rioya etilishi nazorat qilinmaydi. Butunjahon ona suti bilan oziqlantirish haftaligi davomida 7-avgustga qadar ushbu masalalar ham muhokamalar markazda bo‘lishi kutilmoqda.

  • 2 Avgust, 09:03
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech