10:03 (14.02.2023)

2092

14-fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Temuriylar sulolasi vakili, oʼzbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyondasi – Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevral kuni dunyoga kelgan.

Ingliz olimi Uilyam Yerskin Bobur haqida shunday degandi: “Saxovati va mardligi, isteʼdodi, ilm-fan, sanʼatga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shugʼullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi”.

– Bobur ota tomondan Amir Temurning beshinchi avlodi edi. Uning otasi Umarshayx Mirzo Fargʼona viloyati hokimi, onasi Qutlugʼ Nigorxonim esa Mugʼuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi boʼlgan.

– Bobur otasi Umarshayh Mirzonining baxtsiz hodisa oqibatida vafot etishi tufayli 12 yoshida taxtga chiqqan.

– Boburiylar sulolasi 3,5 asr mobaynida zamonaviy Hindiston, Pokiston, Bangladesh va janubi-sharqiy Afgʼoniston hududlarini nazorat qilgan.

– Tarixiy manbalarda Boburning oʼta kuchli va gʼayratli inson boʼlgani qayd etiladi. Maʼlumotlarga koʼra, u saroy ichida ikkita yelkasida ikkita baquvvat erkakni koʼtarib olib mashq qilgan.

– Boburning toʼrt farzandi – Humoyun Mirzo, Gulbadan Begim, Komron Mirzo va Hindol Mirzo Qobulda dunyoga kelgan. Boburning qizi Gulbadan Begim oʼrta asrlarda Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan yagona ayol tarixchi boʼlgan.

“Boburnoma” asari “Turkiy tilda yozilgan yeng yaxshi nasriy asar” deya eʼtirof yetiladi. “Boburnoma” bugungi kunga qadar 31 ta tilga tarjima qilingan.

– Bobur Afgʼonistonning Qobul shahridagi “Bogʼi Bobur”ga dafn etilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech