News

not found

SSV: Tizimda 11 ta investitsiya loyihasi roʼyobga chiqarilmoqda

5 iyul kuni poytaxtimizda mamlakatimiz sogʼliqni saqlash tizimi transformatsiyasi va zamonaviy tibbiyot rivojiga bagʼishlangan nufuzli xalqaro konferentsiya boʼlib oʼtdi.  Unda jahonning qator davlatlaridan kelgan tibbiyot sohasi boʼyicha yetakchi ekspertlar, xususan, xalqaro tashkilotlar, nufuzli klinikalar, dunyo reytingda yetakchi oʼrinda turgan oliy oʼquv yurtlari vakillari ishtirok etdi. Sogʼliqni saqlash vaziri Аmrillo Inoyatov oʼz nutqida sogʼliqni saqlash tizimida qanday loyixalar amalga oshirilayotganligi toʼgʼrisida toʼxtalib oʼtdi: — Аyni vaqtda Hukumat kafolati ostida umumiy qiymati 877 mln. dollarni tashkil etuvchi 11 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Germaniyaning KfW banki ishtirokidagi qiymati 45,0 mln. yevroga teng “Sogʼliqni saqlash tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish” loyihasi — shulardan biri.  Shuningdek, Koreyaning "EDCF" jamgʼarmasi ishtirokida umumiy qiymati qariyb 400 mln. dollarlik 4 ta yirik loyiha roʼyobga chiqarilyapti. Ular:  “Kattalar uchun zamonaviy koʼp tarmoqli tibbiyot markazini barpo etish”;  "Hududiy tibbiyot muassasalarini tibbiy jihozlar bilan taʼminlash";  "Milliy onkologiya markazini tashkil etish";  Toshkent shahrida Koreya tibbiyot oliy oʼquv yurti faoliyatini yoʼlga qoʼyish" loyihalaridir. Bundan tashqari, Islom Taraqqiyot banki ishtirokida qiymati 80,0 mln. dollarlik “Oʼzbekiston Respublikasi onkologiya xizmati muassasalarini zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlash (2-bosqich)” loyihasi; Qiymati 80,0 mln. dollarga teng Markaziy Osiyoda yagona boʼlgan 8 qavatli, 650 oʼrinli va 500 qatnovga moʼljallangan maslahat poliklinikasidan iborat Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yangi binosi loyihasi amalga oshirilmoqda.

  • 6 July, 15:26
  • Read more
not found

Prezident tomonidan «Raqobat toʼgʼrisida»gi yangi qonun imzolandi

Prezident tomonidan 03.07.2023 yildagi “Raqobat toʼgʼrisida”gi OʼRQ-850-son Qonun imzolandi. Hujjatga muvofiq monopoliyaga qarshi organ sifatida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʼmitasi belgilanmoqda, u Prezident va Senatga hisobdor boʼlib oʼz faoliyatini boshqa organlar va mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi. Shuningdek, monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish boʼyicha talablar belgilanmoqda. Maʼlumot uchun: monopoliyaga qarshi komplayens – faoliyatning raqobat toʼgʼrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini taʼminlash, ularning buzilishi xatarlarini aniqlash va mazkur xatarlarning oldini olish boʼyicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimidan iborat. Quyidagi tashkilotlarda monopoliyaga qarshi komplaensga maʼsul shaxs tayinlanishi lozim: respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda; tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega boʼlgan xoʼjalik yurituvchi subyektlarda; soʼnggi 3 yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining oʼrtacha yillik miqdori BHMning 100 ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining 50 % va undan ortigʼi davlatga tegishli boʼlgan yuridik shaxslarda; soʼnggi 3 yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining oʼrtacha yillik miqdori BHMning 100 ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining 50 % foizi va undan ortigʼi ustav fondidagi davlat ulushi 50 % va undan ortiqni tashkil etadigan yuridik shaxslarda; yuridik shaxslarning birlashmalarida. Shuningdek, ustun muzokara kuchi tushunchasi joriy etilmoqda. Ustun mavqega ega boʼlmagan xoʼjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan bitim shartlarini, tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni va narxni belgilashga bir tomonlama taʼsir koʼrsatish imkoniyatining mavjudligi ustun muzokara kuchi deb eʼtirof etiladi. Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 04.10.2023 yildan kuchga kiradi.  

  • 6 July, 08:59
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech