15:26 (06.07.2023)
2313
5 iyul kuni poytaxtimizda mamlakatimiz sogʼliqni saqlash tizimi transformatsiyasi va zamonaviy tibbiyot rivojiga bagʼishlangan nufuzli xalqaro konferentsiya boʼlib oʼtdi.
Unda jahonning qator davlatlaridan kelgan tibbiyot sohasi boʼyicha yetakchi ekspertlar, xususan, xalqaro tashkilotlar, nufuzli klinikalar, dunyo reytingda yetakchi oʼrinda turgan oliy oʼquv yurtlari vakillari ishtirok etdi.
Sogʼliqni saqlash vaziri Аmrillo Inoyatov oʼz nutqida sogʼliqni saqlash tizimida qanday loyixalar amalga oshirilayotganligi toʼgʼrisida toʼxtalib oʼtdi:
— Аyni vaqtda Hukumat kafolati ostida umumiy qiymati 877 mln. dollarni tashkil etuvchi 11 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Germaniyaning KfW banki ishtirokidagi qiymati 45,0 mln. yevroga teng “Sogʼliqni saqlash tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish” loyihasi — shulardan biri.
Shuningdek, Koreyaning "EDCF" jamgʼarmasi ishtirokida umumiy qiymati qariyb 400 mln. dollarlik 4 ta yirik loyiha roʼyobga chiqarilyapti. Ular:
Bundan tashqari, Islom Taraqqiyot banki ishtirokida qiymati 80,0 mln. dollarlik “Oʼzbekiston Respublikasi onkologiya xizmati muassasalarini zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlash (2-bosqich)” loyihasi;
Qiymati 80,0 mln. dollarga teng Markaziy Osiyoda yagona boʼlgan 8 qavatli, 650 oʼrinli va 500 qatnovga moʼljallangan maslahat poliklinikasidan iborat Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yangi binosi loyihasi amalga oshirilmoqda.