13:19 (23.03.2023)

2554

AQShda uch kishi koʼz tomchilaridan foydalangandan keyin vafot etdi

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) Hindistonning Global Pharma Healthcare farmatsevtika kompaniyasining EzriCare va Delsam Pharma koʼz tomchilarini qoʼllaganidan soʼng uch kishi vafot etganini eʼlon qildi. ABC News xabariga koʼra, yana sakkiz kishi koʼr boʼlib qolgan va toʼrt nafarining koʼz olmalarini jarrohlik yoʼli bilan olib tashlashga toʼgʼri kelgan.

CDC maʼlumotlariga koʼra, quruq koʼzlarni davolash uchun moʼljallangan tomchilar Pseudomonas aeruginosa Pseudomonas aeruginosa (koʼk yiringli tayoqcha) bakteriyasining antibiotiklarga chidamli shakli bilan ifloslangan. Umuman olganda, 14-mart holatiga koʼra, mamlakatning 16 shtatida 68 kishida infektsiya aniqlangan.

Sifatsiz mahsulotlar sotuvga chiqqani 2023-yilning yanvarida maʼlum boʼlgan edi. Shu bilan birga, dori vositasidan foydalangan odamning birinchi oʼlimi qayd etilgan. Mart oyida vafot etganlar soni 3 nafarga yetdi. Dori vositasi sotuvdan qaytarib olingan.
CDC amerikaliklarni Global Pharma Healthcare kompaniyasining koʼz tomchilaridan foydalanmaslikka chaqirmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech