14:36 (26.04.2023)

2422

Dorilar haqida nimalarni bilish shart?

Dori-darmonlar haqida har bir bemor bilishi shart boʼlgan kichik eslatma toʼpladik.

Uyda:

  1. Аgar qabul qilish shartlarida koʼrsatilmagan boʼlsa, kapsula yoki tabletkalarni chaynamang, maydalamang yoki sindirmang. Baʼzi dori-darmonlar chaynalganda juda tez soʼriladi, bu xavfli boʼlishi mumkin. Baʼzi dorilar esa samara bermaydi, aksincha sizni kasal qilishi mumkin.
  2. Dori-darmonlarni asl oʼramida saqlang. Koʼpgina tabletkalar bir xil koʼrinishga ega, shuning uchun ularni asl oʼramida saqlash orqali siz nimani va qanday qabul qilishni bilib olasiz.
  3. Hech qachon boshqa odamlarning dori-darmonlarini qabul qilmang. Doza notoʼgʼri boʼlishi va sizda allergiya kuzatilishi mumkin.
  4. Dorini toʼgʼri qabul qilayotganingizga ishonch hosil qilish uchun har safar yorliqni oʼqing. Dozaga rioya qiling.
  5. Dori-darmonlarni hammomda yoki toʼgʼridan-toʼgʼri quyosh nuri tushadigan joylarda saqlamang. Namlik, issiqlik va yorugʼlik dorilarning samaradorligi va xavfsizligiga taʼsir qilishi mumkin.
  6. Odamlar qabul qilishi uchun moʼljallangan dori-darmonlarni uy hayvonlari uchun dori-darmonlar yoki uy kimyoviy moddalaridan alohida saqlang.

Kasalxonada:

  1. Kasalxonaga borganingizda dori-darmonlaringizni va dori-darmonlar roʼyxatini oʼzingiz bilan olib boring. Shifokor va hamshiralar nima qabul qilayotganingizni bilishi kerak.
  2. Har qanday tahlil topshirish yoki muolajadan oldin, unga biron bir dori kerakmi yoki yoʼqligini soʼrang. Agar sizda allergiya boʼlsa, hamshira va shifokorga buni eslatib qoʼying.
  3. Xatolarni bartaraf etish uchun shifokordan har qanday retseptda nima yozilganligini, jumladan, dori vositalarining nomlari va ularni qabul qilish qoidalarini tushuntirishini soʼrang.
     
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech