12:34 (03.07.2023)
3480
Umumiy qon tahlili barmoqdan olinadi va odamning haqiqatan ham qon kasalligi bor-yo'qligini va organizmda biron bir yallig'lanish jarayoni boshlanganligini aniqlashga xizmat qiladi. Yakuniy tahlildagi harflar va raqamlar nimani anglatadi?
RBC. Bu harflar eritrotsitlar - qizil qon hujayralarini anglatadi. Bir millilitr qonda 3,8 dan 5,8 milliongacha qizil qon tanachalari bo'lishi kerak. Agar ular kamroq bo'lsa, bu anemiya belgisidir. Va shuning uchun shifokor keyingi ko'rsatkichga - gemoglobinga - qizil qon hujayralarida mavjud bo'lgan oqsilga qarash kerak. Gemoglobin. HGB harflari bilan belgilanadi. Agar gemoglobin past bo'lsa (norma 110-165 g 1 litr qon uchun), unda biz haqiqatan ham temir tanqisligi bor deya takidlashimiz mumkin. Past gemoglobin darajasi ham qonning ivishini oldini oladi, bu esa og'ir qon ketishiga olib kelishi mumkin.
HCT. Bu qon ivishida ishtirok etadigan trombotsitlar. Odatda, ular bir millilitr qonda 350 dan 500 minggacha bo'lishi kerak. Trombotsitlar sonining pastligi qon ketishining ko'payishini, terining tez ko'karish muoyilligini ko'rsatadi va boshqa qon kasalliklari haqida ogohlantiradi.
WBC. Bu harflar bilan oq qon hujayralari - leykotsitlar belgilanadi. Ularning normasi 4,0 – 9,0 × 10 9 darajada / litr. Leykotsitlar sonining kamayishi yoki ko'payishi tanadagi yallig'lanish jarayonlarining belgisidir.
LIM. Leykotsitlar umumiy sonining 30% gacha bo'lishi kerak bo'lgan limfotsitlar sonini ko`rsatadi. Normadan oshib ketishi sil kasalligining alomati bo`lishi mumkin. Limfotsitlar sonining o'sishi limfotsitik leykemiyada kuzatiladi, ammo yakuniy xulosalar shifokor tomonidan qo'shimcha tadqiqotlar asosida amalga oshirilishi kerak.
EOS. Agar shu harflar bilan belgilanadigan eozonofillarning soni 5% dan ko'prog' bo'lsa, unda odamda allergiya bo'lishi mumkin.
ESR. Eritrositlarning cho'kish tezligi. Tezlik soatiga 18 mm dan oshmasligi kerak. Agar qizil qon hujayralari soatiga 20 mm dan yuqori tezlikda cho`ksa, bu organizmda yallig'lanish borligining belgisidir.