15:37 (30.12.2022)

1852

❗️DIQQAT

Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi yurtimiz dorixonalarida “Hindistonning “Marion Biotech Pvt.Ltd” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “DOK-1 MAKS sirop 100 ml” va “DOK-1 tabletki №10” dori vositalarining realizatsiyasini toʼxtatish, realizatsiya qilingan qoldiq dori vositalarini dorixonalardan qaytarib olish koʼrsatmasini berdi.

Ushbu dori vositasi respublikamizdagi barcha dorixonalar rastalaridan tezkorlik bilan yigʼib olindi.

Аgar biror tadbirkorlik subʼektida mazkur “DOK-1 MAKS sirop 100 ml” va “DOK-1 tabletki №10” dori vositalari qolgan boʼlsa, sizdan bu haqda Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligining murojaatlar boʼlimiga zudlik bilan xabar berishingizni soʼraymiz.

Hurmatli yurtdoshlar!

Аgar siz ham ushbu dori vositasini sotib olgan boʼlsangiz va hozir bu preparat uyingizda saqlanayotgan boʼlsa, uni zinhor qoʼllamaslikni va quyidagi telefon raqamiga qoʼngʼiroq qilishingizni soʼraymiz.

☎️ Murojaat uchun telefon: 71-203-27-77

❗️Ushbu xabarni barcha yaqinlaringizga joʼnatishingizni soʼraymiz.

Farmatsevtika tarmogʼini
rivojlantirish agentligi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech