14:09 (25.01.2023)

1898

Hukumatga boʼysunadigan mustaqil vazirlik va idoralar soni 26 ta etib belgilandi

Prezident farmoni bilan vazirlik va idoralarda byudjet va nobyudjet mablagʼlaridan moliyalashtiriladigan jami 17 447 ta boshqaruv va ishlab chiqarish shtat birliklari qisqartirilmoqda (umumiy songa nisbatan 24 foiz).

Shu jumladan, vazirlik va idoralar rahbarlari oʼrinbosarlari soni 207 nafardan 144 nafargacha (-63) yoki 30 foizga qisqartirilmoqda.

Shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga muvofiq, 703 ta avtotransport vositalari va 10 ta binolar boʼshamoqda.

Hukumatga boʼysunadigan mustaqil vazirlik va idoralar soni jami 26 ta etib belgilanmoqda (ular tarkibiga kirgan barcha qoʼmitalar, agentliklar va inspektsiyalar bilan birga jami 69 ta), shu jumladan:

vazirliklar – 21 ta;
qoʼmitalar – 12 ta, shundan 2 tasi mustaqil maqomga ega;
agentliklar – 25 ta, shundan 3 tasi mustaqil maqomga ega;
inspektsiyalar – 11 ta.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech