10:28 (26.05.2023)
2614
Kaltsiy inson organizmi uchun muhim element boʼlib, u asab tomirlarida impuls oʼtkazuvchanligini, mushaklar qisqarishini boshqarishda ishtirok etadi.
Kaltsiy yetishmasligi tanada boshqa metabolik jarayonlarni ham izdan chiqarishi mumkin, deydi tibbiyot fanlari doktori Umida Rustamova.
Uning yetishmasligi suyaklar, tishlar, soch va tirnoqlar holatiga salbiy taʼsir etadi. Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari rivojlanadi, immunitet zaiflashadi.
Ikkilamchi taʼsiri:
- asabiylik va fikr tarqoqligi;
- koʼp terlash;
- tanada tez-tez titroq;
- tez charchash;
- mushaklar tortishishi;
- qabziyat;
- tirnoqlarda oq dogʼlar paydo boʼlishi;
- yurak urishining buzilishi;
- tez-tez va kuchli bosh aylanishi;
- mushak, boʼgʼim va suyaklarda ogʼriqlar kuzatiladi.
Maʼlumolarga koʼra, soʼnggi vaqtlarda dunyoda koronavirusning ogʼir shakli bilan kasallanib sogʼaygan aksariyat bemorlarda tayanch-harakat tizimi xastaliklari koʼp uchrayapti. Bunga esa aynan kaltsiy yetishmasligi sabab sifatida koʼrsatilmoqda.
Sut, sut mahsulotlari, pishloq, yongʼoq va quruq mevalar, baliq konservalari, dukkakli mahsulotlar (mosh, loviya, yasmiq, noʼxat) tarkibida kaltsiy moddasi koʼp.