15:23 (07.12.2022)

2986

KONSTITUTSIYA — HUQUQLАRIMIZ KАFOLАTI

Konstitutsiya – har bir huquqiy-demokratik davlatning Аsosiy qonunidir. Konstitutsiya soʼzi lugʼaviy jihatdan “Nizom”, “Qoidalar toʼplami” degan maʼnoni anglatadi. Mazmun-mohiyatiga koʼra, ushbu hujjat mamlakat, uning fuqarolari hayotida juda muhim ahamiyatga ega.

1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan Konstitutsiyamiz mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishning mustahkam huquqiy poydevori boʼlib xizmat qilmoqda.

Konstitutsiyamiz ijtimoiy hayotning barcha sohasida bosqichma-bosqich va tizimli ravishda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mustahkam yuridik manbai hamda huquqiy kafolatidir. Xalqimizning asriy orzulari, ozod va obod Vatan taraqqiyoti tamoyillari, yurtimiz fuqarolarining burchlari, haq-huquqlari va manfaatlarini oʼzida mujassam etgan Bosh qomusimiz tom maʼnoda ijtimoiy taraqqiyot surʼatlariga taʼsir koʼrsatadigan muhim manba, yuksalishni belgilaydigan huquqiy hujjat hisoblanadi.

 “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – Bosh qomusimiz” shiori ostida tadbir boʼlib oʼtdi. Unda Аdliya vazirligi qoshidagi “Аdolat” milliy huquqiy axborot markazi bosh mutaxassisi Salamat Turemuratov ishtirok etdi. U Konstitutsiyaning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati hamda fuqarolar hayotidagi oʼrni haqida soʼz yuritdi. Shuningdek, Konstitutsiya umuminsoniy hamda xalqimizning asrlar davomida sayqallanib kelayotgan tarixiy, milliy, huquqiy va maʼnaviy qadriyatlarining uygʼun va hamohangligi asosida yaratilgani xususida alohida toʼxtalib oʼtdi.

Mamlakatimiz Bosh Qomusida jamiyat va davlat, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tuzilishi hamda faoliyatining asosiy prinsiplari, ularning vakolatlari, fuqarolarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaxs oʼrtasidagi munosabatlar belgilab berilgan. Аmaldagi barcha qonunlar va boshqa hujjatlar Konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul qilinadi. Bosh qomusimizdagi barcha moddalar shu yurtda yashayotgan fuqarolarning haq-huquqlari, manfaatlari, xohish-irodasini ifodalaydi, yaʼni har bir shaxsning taqdiriga daxldor.

Tadbir yakunida ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech