09:47 (27.01.2023)

1674

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Olmaliq shahar boʼlimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.X. 4 dona “Gerika”, 1 dona “Tropikamid” va 1 dona “Selofen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini fuqaro M.Jga 400 ming soʼmga sotgan vaqtida ushlanib, uning xonadonidan 140 dona “Selofen”, 99 dona “Tropikamid” va 43 dona “Gerika” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech