11:30 (01.05.2023)

1921

Misr Oʼzbekistonga S gepatitiga qarshi 17 ming quti "Daklatasvir" dori vositasini yetkazib berdi

Insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan dorilarning birinchi partiyasi Toshkent aeroportida qabul qilindi.

Joriy yilning 29 aprel kuni Misr hukumati tomonidan insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan, dunyoda keng tarqalgan kasalliklardan biri — S gepatitiga qarshi "Daklatasvir" dori vositasining dastlabki partiyasi Toshkentga yetib keldi. Bu haqda "Dunyo" АА xabar berdi.

Qayd etilishicha, umumiy qiymati 35 ming АQSh dollarini tashkil etgan 17 ming qutidan ortiq «Daklatasvir» dori vositasi Oʼzbekiston Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlar uchun ishlatiladi.

Maʼlumot uchun, Oʼzbekiston va Misr sogʼliqni saqlash idoralari 2023-2024 yillar davomida umumiy qiymati 4,8 million dollarlik jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) S gepatitiga qarshi "Daklatasvir" va "Sofosbuvir" dori vositalarini Oʼzbekistonga bepul yetkazib berish boʼyicha kelishuvga erishgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech