16:50 (07.12.2022)

4109

MUKOFOT MUBORAK!

Xush xabarlar davom etmoqda. Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 30 yillik bayrami arafasida bir guruh sogʼliqni saqlash sohasi vakillari “Oʼzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Bugun Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari – turizm va madaniy meros vaziri А.А.Аbduxakimov samarali mehnati, mamlakatning xalqaro maydondagi obroʼ-eʼtiborini yuksaltirish hamda sohada islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda oʼz hissasini qoʼshgani uchun “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi Boshqaruvi raisi Salixbaeva Umida Saidovna hamda Boshqaruv raisining oʼrinbosari Kamilov Аbdugʼani Аbdunabievichlarga “Oʼzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini topshirdi.

El-yurt salomatligi yoʼlidagi fidokorona mehnatlari eʼtirof etilib, yuksak mukofotga sazovor boʼlgan Salixbaeva Umida Saidovnani hamda Kamilov Аbdugʼani Аbdunabievichlarni samimiy muborakbod etamiz.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech