Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan, shuningdek, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirishga munosib hissa qoʼshib kelayotgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida “Oʼzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni taʼsis etildi.
“Dori-Darmon” АK tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qoʼshayotgan hissasi yuqori baholanib, ilk marta taʼsis etilgan ushbu esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi:
Dilmurod Аxatov. “Buxoro Dori-Darmon” MChJ direktori
Mavluda Qurbonova. “Buxoro Dori-Darmon” MChJ 1- son dorixona qadoqlash boʼlimi mudiri.
Umid Nabiev. “Navoiy Dori-Darmon” АJ qoshidagi “Аvitsenna” MChJ direktori.
Ro`zmetov Shonazar. "Xorazm Dori-Darmon" MChJ Farmasevtika ishini tashkil qilish bo`limi mudiri.
"Qashqadaryo Dori-Darmon” MChJda faoliyat yuritayotgan bir guruh fidoyi xodimlar ham taqdirlangan orasida bor:
Mavluda Nurullaeva. Xodimlar bilan ishlash boʼyicha bosh mutaxassis
Rashit Bexbudov. Maxsuc boʼlim mudiri
Shavkat Xamdamov. 13-son dorixona mudiri
Muhayyo Аxmedova. 15-son dorixona farmatsevti
Erkinoy Xudaynazarova. Dori vositalarini qabul qilish va narx-navo boʼlimi bosh mutaxassisi
“Oʼzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan barcha hamkasblarimizni samimiy qutlaymiz.